Tadqiqotning ilmiy farazi shundan iboratki, agarda


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va asoslanganligi


Download 14.95 Kb.
bet3/5
Sana28.10.2023
Hajmi14.95 Kb.
#1730547
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarida ma\'naviy tarbiya asoslari

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va asoslanganligi
tadqiq etilayotgan muammoning tashkiliy-metodik yondashuv asosida nazariy va amaliy jihatdan yoritilganligi, tadqiqot ishini olib borish jarayonida uning maqsadi, vazifalari va amaliy faraziga muvofiq metodlar majmuidan foydalanilganligi, boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish uslublari, shakllari, yo‘llari va vositalari majmui yaratilganligi; tajriba–sinov ishlarining maxsus dastur asosida tashkil etilganligi va uning natijalari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar ma’naviyatini shakllanganlik darajalarini oshishiga ijobiy ta’sir etganligida o‘z ifodasini topgan
Tadqiqotning bosqichlari
tadqiqot ishi ikki bosqichda amalga oshirildi
Birinchi bosqich
(2011-2012 yillar)da izlanayotgan muammo bo‘yicha xalq og’zaki ijodi namunalari, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining shaxs ma’naviyati haqidagi asarlari, pedagogik - psixologik va ilmiy ommabop adabiyotlar o‘rganildi. Boshlang‘ich ta’lim dasturlari, metodik adabiyotlar, hujjatlar tahlil qilindi. Ish tajribalari bilan tanishildi. Ilmiy tadqiqotning nazariy asoslari, holati aniqlandi, tadqiqot ishining dasturi va metodlari ishlab chiqildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirish holati bo‘yicha mavjud bilimlar aniqlandi, yutuq va kamchiliklar tahlil etildi hamda tajribalar umumlashtirildi. Tajriba-sinov maydonlari belgilandi
Ikkinchi bosqich
(2012-2013 yillar)da tadqiqot doirasida tajriba sinov ishlari olib borildi va uning natijalari amaliyotga tatbiq etildi. Xalq og’zaki ijodi vositasida o’quvchilar ma’naviyatini shakllantirish jarayonining pedagogik shart-sharoitlari o‘rganildi. Kuzatishlar va chiqarilgan xulosalarga asoslanib, metodik tavsiyalar tayyorlandi. Tajriba-sinov ishlari natijalari tahlil qilindi, umumlashtirildi, baholandi, tajribadan avvalgi va keyingi natijalar umumlashtirildi, mavjud materiallar dissertatsiya shaklida rasmiylashtirildi
Tadqiqot natijalarining joriy etilishi va amaliyotga tatbiq qilinganligi
Tadqiqot 2011yilda Qarshi davlat universitetining «Boshlang’ch ta’lim» kafedrasining majlisida, ilmiy metodologik seminarlarda atroflicha muhokama qilingan va himoya uchun tavsiya etilgan. Tadqiqotchi o‘z chiqishlari bilan Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida (2012-2013 yillar) qatnashgan

Download 14.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling