Tadqiqotning ilmiy farazi shundan iboratki, agarda
Download 14.95 Kb.
|
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarida ma\'naviy tarbiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY XULOSALAR
UMUMIY XULOSALAR
Amalga oshirilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosaga keldik. 1. O‘rganilgan ilmiy, pedagogik va badiiy manbalar tahlili va amaliyotdagi holatni o‘rganish shundan dalolat berdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri ekan. 2. To‘plangan ilmiy dalillarni tahlil qilish o‘quvchilar ma’naviyati shakllanganligining mavjud darajasi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi va ma’naviyatni shakllantirishga ko‘maklashadigan didaktik vositalar hamda manbalarni aniqlashga yordam berdi. 3. Olingan natijalar faqat darsda emas, balki darsdan tashqari tadbirlarda ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirish ustida izchil ish olib borish zarurligini ko‘rsatdi. UMUMIY XULOSALAR 4. Asosiy diqqat-e’tiborni boshlang‘ich sinf “O‘qish”, ”Odobnoma” darslarida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning turli omillari va vositalaridan foydalanib, uning samaradorligini oshirishga qaratish lozimligi aniqlandi. 5. Dars jarayonida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan o‘rinli va samarali foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirishning muhim omili ekanligi belgilandi. 6. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirishda o‘qituvchilar asosiy kuch bo‘lib, ularni muhim ilmiy-metodik tavsiyalar hamda nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirish zaruriyati mavjud. 7. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda sinfdan tashqari tadbirlarning asosiy shakli ertakli va ko‘rik-tanlov ekanligi tajriba-sinov ishlari yakunida o‘z tasdiqini topdi. 8. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’navyaitini shakllantirish ishi yaxlit va tizimli tashkil etilsagina, samarali natijalarga erishish mumkin. UMUMIY XULOSALAR 9. Ilmiy tadqiqot ishida III-IV sinflardagi «O'qish», «Odobnoma» kabi o'quv predmetlari o'qitish jarayonida o'quvchilarda ma'naviyat haqidagi tushunchalar, bilimlar haqida muayyan tasavvurni hosil qilish, shaxsning ma'naviyat haqidagi ko'nikma va malakalarini shakllantirishning asosiy yo'nalishi ekanligi taqiqotda isbotlab berildi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar va tajriba-sinov natijalari tadqiqotning ilmiy farazi to‘g‘riligini asoslash imkonini berdi. Yuqorida bayon qilingan xulosalar asosida quyidagilarni tavsiya qilamiz: 1. Xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish maktab –mahalla – oila tizimida tashkil etilishi va bu tizim o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘lanishi zarur. 2. Milliy qadriyatlarimizda aks etgan ilg‘or g‘oyalarning tarbiyaviy imkoniyatlaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda samarali foydalanish yo‘llarini takomillashtirish lozim. 3. Dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashga erishish maqsadga muvofiqdir. 4. Oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashda ularning shaxs ma’naviyati haqidagi bilimlarni egallashlariga alohida e’tibor qaratish zarur. UMUMIY XULOSALAR E’tiboringiz uchun raxmat ! Download 14.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling