Taekwondo va sport faoliyati


I.BOB. Chidamlilik va uning turlarining rivojlantirish metodikasi


Download 72.12 Kb.
bet2/10
Sana10.02.2023
Hajmi72.12 Kb.
#1185594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jumanazarova Mushtariy

I.BOB. Chidamlilik va uning turlarining rivojlantirish metodikasi
Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosidan charchash mavzusiga katta e`tibor berilgan. Bir minginchi yili yozishni boshlab, bir ming yigirma to`rtinchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul qonun fit Tib”da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga keltirishiga to`xtalib uni to`rt xilga ajratib izoh bergan:
1. Yarali charchash – unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
2. Qotib charchash – unda kishi go`yo gavdasini ezilgan yoki majag’langan gumon qilib tanasida issiqlik va bo`shashishni sezadi.
3. Shishli charchash – bunda tana odatdagidan qizarganroq bo`lib, g’ovlaganga o`xshash hissiyat sezadi.
4. Ozib charchash – unga uchragan kishi gavdasini qurigan va kovjiraganroq sezadi.
Chidamlilik vositalar va vositalarsiz o`lchanadi. Chidamlilikni vositali o`lchash uchun ma`lum tezlik bilan yugurish tavsiya qilinadi, hamda o`sha intensivlikni bo`shashtirmay ushlay olish vaqti (tezlikni susayishi boshlangunga qadar) hisoblanadi. Shuning uchun to`g’ridan-to`g’ri chidamlilikni o`lchash juda noqulay. Ko`proq vositasiz ulchashdan foydalaniladi. Sport amaliyotida, uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun sarflangan vaqtiga qarab chidamlilikga baho beriladi.
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda insonning funktsional imkoniyatlari, bir tomondan, lozim bo`lgan harakat malakalari va texnikani egallanganligi darajasiga bog’liq bo`lsa, boshqa tomondan, organizmning aerob va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imkoniyatlariga bog’liq. Nafas imoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori emas, ular harakatni tashqi formasiga ham aytarli bog’liq bo`lmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi yordamida o`zini aerob imkoniyatlarining darajasini oshirgan shug’ullanuvchi boshqa harakatlarini, masalan, eshkak eshish, yurish, velosipedda yurish mashqlarni bajarishda ham o`zining chidamliligidan ijobiy naf oladi. Misol, yurish va yugurishdagi harakatlarning koordinatsiyaviy tuzulishi va tezlik, kuch xarakteristikasi ko`p hollarda turlicha. Trenirovka orqali yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi yurushni maksimal tezligiga ijobiy yoki salbiy ta`sir ko`rsata olmaydi. Ya`ni “ko`chish” yo`q. Yugurish tezligi yurish tezligini o`zgarishiga ta`sir ko`rsatmagan. Lekin uzun masofadagi shug’ullanganlik bir vaqtni o`zida yurish bilan yugurishda biri-biriga «ko`chishi» mumkinligi ilmiy-amaliy isbotlangan (V.M.Zatsiorskiy va boshqalar). Demak, koordinatsiyaviy biri-biriga yaqin bo`lgan harakatlarni bajarishda sportchi organizmining vegetativ sistemasini funktsional imkoniyatini e`tiborga olsak umumlashtirilgan holat, shartli aytilganda, “vegetativ” shug’ulaganlik chidamlilikning “ko`chishi” (o`tish)ga qulay imkoniyat ochadi. Lekin har bir holatda ko`chish ro`y bermasligi organizmning energiyasi imkoniyatlariga, harakatlarning barcha sifat xususiyatlariga talab qo`ymay, harakat malakalarining o`zaro muvofiqlashuvi xarakteriga ham bog’liq bo`ladi.

Download 72.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling