Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo'lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz
Download 12.51 Kb.
|
1 2
Bog'liq5 seminar
hukumlar sifatiga kòra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;
hukumlarning miqdoriga qarab : yakka, juz'iy xususiy va umumiy hukmlar; hukmlarning munosabatiga ko'ra: shartli , ayruvchi va qat'iy hukmlar Induktiv xulosa chiqarish - bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga oʻtiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni oʻrganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masalan, temir elektr tokini oʻtkazadi, poʻlat elektr tokini oʻtkazadi, mis elektr tokini o'tkazadi, ruh clektr tokini oʻtkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini o'tkazadi, degan umumiy xulosa chiqaramiz. Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz'iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini oʻtkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini o'tkazadi. Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba'zi bir belgilari oʻxshashligiga qarab, bu predmetlaming boshqa belgilarining oʻxshashligi toʻgʻrisida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalaming bir-biriga oʻxshash boʻlgan ba'zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Tushunchalar Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. SHu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga toʻgʻri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan boʻlsak, bu erda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti. Tushunchalar koʻlami jihatidan uch turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va toʻplanma tushunchalarga boʻlinadi. YAkka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa boʻladi. YAkka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud boʻladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda boʻlgan koʻp narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar. Tafakkur turlari Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari xatti- harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo'ladi. Download 12.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling