Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi Reja: Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi Nutq turlari
Download 435.64 Kb. Pdf ko'rish
|
referat
Nutq turlari
Nutq o’zining tashqi ifodalanish usuliga qarab og`zaki va yozma nutqqa ajralib qolmasdan shu bilan birga, qanday vazifani bajarishiga va sintaktik tuzilishining xususiyatlariga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Nutq o’zining bajaradigan vazifasiga qarab, ichki va tashqi nutqqa bo’linadi. Ichki nutq Ichki nutq shunday bir nutqdirki, uning yordami bilan fikrlar boshqa odamlarga ma`lum qilinmasdan oldin ichda ifodalanadi. Ichki nutqning o’z xususiyatlari bor. Bu nutq, ko’pincha tovushlar ovoz chiqarib aytmaydigan nutqdir, bu nutq odam «o’z ichida gapiradigan» nutqdir. Ba`zan ichki nutq «tashqariga» chiqadi, ya`ni tovushlar ovoz chiqarib aytiladi. Biror nimani fikr qilayotgan odam qandaydir qiyinchilikka uchrab qolganida, shuningdek, hissiyoti qattiq qo’zg`alish natijasida hayajonlanib ketganida yoki o’zining oldida boshqa odamlar bo’lmagan vaziyatda u o’zi sezmagan holda, «ovoz chiqarib o’ylaydi» - ovoz chiqarib o’z-o’zi bilan gaplasha boshlaydi. Odam yakka qolib, o’z ichida o’ylab o’tirganida ko’pincha imo-ishora va mimikadan ham foydalanadi. Kichkina bolalar ko’pincha «ovoz chiqarib o’ylaydilar», gaplashib va harakat qilib turib fikr qiladilar. SHakl jihatidan ichki nutq ko’proq monolog tarzida sodir bo’ladi, ichki nutqni odamning o’z-o’zi bilan va o’zicha gaplashuvi deyish mumkin. Lekin ba`zan ichki dialog shaklida, xayoldagi suhbatdosh bilan gaplashish yoki munozara qilish tarzida ham sodir bo’ladi. Sintaksis tuzilishi jihatidan ko’pincha ichki nutq qisqartirilgan, bo’lak- bo’lak gaplardan iborat bo’ladi. Ichki nutqda gapning faqat ayrim bo’laklarigina, asosan ega birmuncha aniq qilib ifodalanadi («ichdan, o’z-o’ziga» aytiladi). Ichki nutq ovoz chiqarib «aytib yuborilganida» ham o’zining shu xususiyatini saqlab qoladi. Ichki nutqning to’siq bo’lmasligiga, bo’lak-bo’lak bo’lishiga sabab shuki, tafakkur obekti va shu tafakkur sodir bo’layotgan vaziyat fikr qiluvchi kishining o’ziga ravshandir va to’siq gap bilan qayd qilinishini talab etmaydi. Nutq tafakkur obektida tasdiqlanadigan yoki inkor qilinadigan narsa ustidagina to’xtaladi. Ichki nutq, odatda, ixtiyorsiz ravishda o’zadi. Bunda tafakkur jarayonlarining o’zi ixtiyoriy ravishda, ma`lum kuch sarflash yo’li bilan ham borishi mumkin. Lekin ixtiyoriy tafakkur jarayonining borishiga yordam bergan ichki nutq ixtiyorsiz ravishda o’z-o’zicha maydonga chiqadi deyish mumkin. Ichki nutq dialog shaklida sodir bo’lgan hollardagina ixtiyoriylik mamentlari paydo bo’ladi. Bunday hollarda ichki nutq o’zining sintaksis tuzilishi jihatidan ham tashqi nutq tuzilishiga yaqinlashib qoladi. Ichki nutqning xarakterli belgisi shuki, bunda tovushlarning artikulatsiyasi ko’zga ko’rinmaydi. I. M. Sechenov buni quyidagicha tasvirlaydi: «Men fikr qilayotganimda juda ko’p vaqt og`zimni ochmay va yopib turib, gapiraveraman, ya`ni og`iz bo’shlig`idagi til muskullari harakat qilaveradi. 4 Biror fikrni, asosan boshqalarga uqtirmoqchi bo’lib, ifodalashga uringan hollarning hammasida esa shu fikrni albatta pichirlab takrorlab turaman» (Izbrannыe filosofskie i psixologicheskie proizvedeniya. Gospolitizdat, 1947, 142-bet). Ichki nutqning ko’zga ko’rinmaydigan mana shunday artikulatsiyasi borligi hozirgi vaqtda eksperimental yo’l bilan isbotlangan. Download 435.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling