Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi Reja: Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi Nutq turlari


Download 435.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.04.2023
Hajmi435.64 Kb.
#1318025
1   2   3   4
Bog'liq
referat

Tashqi nutq 
Tashqi nutq boshqa odamlar bilan aloqa qilishimizda foydalaniladigan 
nutqdir. 
Bu nutq biron kishiga qaratilgan, biron nimani xabar qiladigan nutqdir. 
Tashqi nutqning o’zi ham og`zaki va yozma nutqqa bo’linadi. 
Og`zaki nutq 
Og`zaki nutq - boshqa kishilar bilan bevosita qilayotgan aloqamizda 
foydalanilayotgan nutqdir. Bu nutq odatdagi gaplashuv nutqidir. Bu nutq hamisha 
boshqa kishilarning eshitish organlari yordami bilan idrok qilishlari uchun 
mo’ljallangan «tovushli» nutqdir. SHu sababli, odatda, og`zaki nutq ovoz bilan va 
(ba`zan) shivirlab aytiladi. Og`zaki nutq vaqtida, odatda, gapirayotgan kishi bu 
nutqni mimika, imo-ishoralar bilan ishlatadi. 
Og`zaki nutqning xarakterli xususiyati shuki, bu nutq suhbatdoshlar 
o’rtasida bo’ladi. Suhbatdoshning yoki suhbatdoshlarning bunday ishtirok etishi 
ularning gapirayotgan kishining nutqiga diqqat qilib turishi, savollar berib turishi, 
so’z tashlab turishidan iborat bo’ladi suhbatdoshlar gapirayotgan kishining fikriga 
e`tiroz bildiradilar, yoki bu fikrga o’zlarining rozi bo’lganliklarini izhor qiladilar, 
yoxud shu fikrni kengaytiradilar. 
Suhbatdoshlarning og`zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va qay 
darajada bo’lishiga qarab, og`zaki nutq ikki shaklga bo’linadi. Bularning biri 
dialog nutq (dialog) va ikkinchisi monolog nutq (monolog) deb aytiladi. 
Ikki yoki ko’p suhbatdosh o’rtasidagi gaplashish tariqasida bo’ladigan
nutq dialog deb ataladi. Suhbatdoshlar navbatma-navbat gaplashaveradilar - biri 
so’zaydi, biror narsani aytadi, boshqalar esa uni tinglaydilar, javob beradilar. 
Odam bitta o’zi gapirsa-yu, boshqa kishilar bu gapga faol qatnashmay 
faqat uning nutqini tinglab tursalar, nutqning bu shakli monolog deb ataladi. 
Masalan, lektorning, dokladchining nutqi, sudda, kengashlarda va boshqa shu kabi 
joylarda so’zlanadigan nutq monolog nutqdir yoki monologdir. 
Og`zaki nutq ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy bo’ladi. Gapirayotgan kishi so’z va 
grammatika shakllarini maxsus tanlamay, og`ziga kelganicha so’zlashsa, bu holda 
nutq ixtiyorsiz nutq bo’ladi. Gapirayotgan kishi o’z so’zlari uchun alohida 
mas`uliyat sezib gapirganida, shu nutqni tinglayotgan kishi gapirayotgan kishi 
uchun alohida ahamiyatga ega bo’lganida, bunday hollarda nutq ixtiyoriy 
xarakterga ega bo’lib qoladi. Masalan, o’quvchining o’z o’qituvchisi bilan 
gaplashayotgan vaqtidagi nutq mana shunday ixtiyoriy nutqdir. Bunday hollarda 
gapirayotgan kishi lozim boigan so’zlarni tanlab, joy-joyiga qo’yib ishlatishga, 
grammatika qoidalariga rioya qilishga intiladi va harakat qiladi. 
Dialog - ikki yoki bir necha odam o’rtasida bo’ladigan gapdir, bunda 
suhbatdoshlarning gapi bir-biriga bog`lanadi, ulanib ketadi, ya`ni gaplashib 



turganlar bir-birlariga savol-javob qilib, bir-birlariga e`tiroz qilib gapni ulab, 
davom ettiradilar. SHuning uchun dialog ma`nosi bir-biriga ulangan nutqni ancha
osonlashtiradi. Monolog nutq esa ancha og`ir ko’chadi. Monolog - gapirayotgan 
kishidan juda ko’p diqqat-e`tibor berishni talab qiladi, gapirayotgan kishining 
faqat o’z nutqining mazmunigagina diqqat-e`tibor berib qolmay, balki, shu bilan 
birga, bu nutqning tashqi tuzilishiga ham, fikrlarni ifodalashda muayyan sistema
tartib boiishiga ham riova qilishi lozim bo’ladi. 
Monolog nutq tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqindir. 
Og``aki nutq (dialog ham, monolog ham) ichki nutq singari, tafakkur 
qurolidir. Bunda boshqalar bilan gaplashish jarayonida gapirayotgan kishining o’z 
fikrlari ham o’ziga ravshan bo’lib qoladi. 
YOzma nutq 
YOzma nutqning xususiyati shuki, bu nutq bevosita aloqa bog`lash 
vositasi bo’lmasdan, balki, ko’pincha, boshqa vaziyatda, boshqa bir joyda turgan 
yoki turishi mumkin bo’lgan odamlar bilan aloqa bog`lash vositasidir. Masalan, biz 
o’z do’stimizga yoki qarindoshimizga xatimizda yozib yuborgan xabarimizni u 
ehtimolki bir kundan keyin, ikki kundan keyin, bir haftadan keyin, boshqa 
shaharda yoki boshqa qishloqda o’qib bilishi mumkin. Biz bundan yarim yil, bir 
yil, hatto bir necha o’n va yuz yil muqaddam yozib qoldirilgan kitoblarni o’qib, 
shu kitoblardagi bilimlarni bilib olamiz. 
YOzma nutq ham monolog shaklida va dialog shaklida bo’ladi. Masalan, 
ilmiy asarlar hamisha deyarli monolog shaklida yoziladi. Badiiy-adabiy asarlar 
dialog shaklida ham, monolog shaklida ham yoziladi. Ba`zan oddiy maktublar ham 
dialog shaklida yoziladi, shu maktubni yozayotgan kishi uni o’qiydigan kishini 
tasavvur qilib, unga maktubda o’zi savollar beradi va shu savollarga o’zi javob 
qaytaradi. 
Sintaksis jihatidan qaraganda yozma nutq eng to’siq va mukammal 
nutqdir. Har bir kishi oddiy maktubni yoki ilmiy maqolani yozayotganida 
grammatika qoidalariga, og`zaki nutqdagiga qaraganda, ko’proq rioya qiladi. 
YOzma nutqda gap bo’laklaridan biri tushib qolsa, bu yozma nutqni o’qigan 
kishilar uni qiynalib tushunadilar yoki butunlay tushunolmaydilar. YOzma 
nutqning sintaksis jihatdan to’siq bo’lishi shuning uchun ham zarurki, og`zaki nutq 
uchun xarakterli bo’lgan mimika, imo-ishoralar, intonatsiyalar va boshqa shu kabi 
qo’shimcha elementlarni yozma nutqda ishlatib bo’lmaydi. 
YOzma nutq, asosan, ixtiyoriy nutq bo’ladi. Maktub, doklad, ma`ruzalar 
va boshqa shu kabilarni yozayotgan kishi so’zlarni ongli ravishda tanlaydi, 
gaplarni yaxshiroq qilib tuzishga intiladi. Ko’pincha o’z fikrlarimizni o’qiydigan 
kishilarga so’zlar vositasi bilan g`oyat ravshan va tushunarli qilib ifodalamoq 
uchun ancha-muncha kuch sarflashimiz lozim bo’ladi. 
YOzma nutq fikrlarimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. 
YOzma nutqda fikming mazmuni va shaklidagi ayrim kamchiliklar ochiq ko’yinib 
qoladi va fikrning o’zi mazmun va shakl jihatidan eng ravshan, aniq qilinib 
ifodalanadi. SHuning uchun ham biz aqliy ish bilan shug`illanayotganimizda, biror 
masalani hal qilganimizda yoki tayyor bilimlarni o’lashtirayotganimizda ish 



natijasini yoki olgan bilimimizni ko’pincha, xatga yozib qo’yamiz, ba`zan esa bir 
necha marta ko’chirib yozamiz. SHu sababli, har xil yozma ishlar - hikoya qilib 
yozib berish, insho yozish, konspekt olish - tafakkurning o’qishi uchun katta 
ahamiyatga egadir. 

Download 435.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling