Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi


Download 13.62 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi13.62 Kb.
#1756670
1   2   3   4
Bog'liq
Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi

MIYA

  • Tafakkur qilishimizni ta’minlovchi organ – bu bizning miyamiz.
  • Miyamizga kelgan barcha o’y-xayollar – bu fikrlardir.
  • Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, har on, har daqiqada odam miyasi qandaydir fikrlar bilan band bo’ladi. Ularni tartibga solish, keragiga diqqatni qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish – fikrlash jarayonidir
  • PSIXIKA
  • BILISH JARAYONLARI
  • TAFAKKUR
  • Insayt – oydinlashuv …
  • Muammoning yechimi ba’zan birdan, yorqin yulduzday yarq etib paydo bo’ladi. Bunday psixologik holat psixologiyada insayt – oydinlashuv deb ataladi

Tafakkur turlari...

  • Hayot mobaynida o’qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoitlarda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g’oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayoni nazariy tafakkurdir. Undan farqli amaliy tafakkur bevosita hayotda va harakatlarimiz mobaynida hosil bo’lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir.

Tafakkur turlari...

  • Ko’rgazmali-harakat tafakkuri amaliy tafakkurga mohiyatan yaqin bo’lib, uning xususiyati shundaki, u ham odamning real predmetlar xususiyatlarini o’rganish, ko’z bilan ko’rib, bevosita his qilish paytidagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi.
  • Ko’rgazmali-obrazli tafakkur esa ko’rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obrazlari ko’z oldimizda gavdalangan chog’da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.

Tafakkur turlari...

  • Mantiqiy tafakkur – bu mavhum tafakkur bo’lib, so’zlar, so’zda ifodalangan bilim, g’oya va tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida bo’lmagan narsalar yuzasidan chiqargan hukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkurga misol bo’la oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab hodisalarini falsafiy o’rganish faqat mavhum, abstrakt tafakkur yordamida mumkin bo’ladi.

Download 13.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling