Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika
Takrorlash uchun savollar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12740 2 8C3DF8C9FBA2BAD90DEF72237DD93262E7235739
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu. LOGISTIKA TIZIMIDA ZAHIRALARNI BOSHQARISH
Takrorlash uchun savollar:
1. Asosiy transport guruhlari nimalardan ajralib turadi ? 48 2. Transport logistikasi qanday vazifalarni bajaradi? 3. Qanday transport turlarini bilasiz? 4. Konteyner terminallarining vazifasi nimada? 5. Tashuvchilar uchun aloqa tizimlari qanday? 6. Logistika transport tizimiga qanday ta'sir qiladi? 7. Transport xizmatlari sifatining asosiy ko'rsatkichlari qanday? 5-mavzu. LOGISTIKA TIZIMIDA ZAHIRALARNI BOSHQARISH 5.1. Moddiy vositalar zaxiralari tushunchalari 5.2. Moddiy zaxiralarni barpo etishning zaruriyati 5.3. Zaxiralar funktsiyalari 5.4. Moddiy vositalar zaxiralarining turlari 5.5. Zaxira xolati nazorat tizimining asosiy ko’rsatkichlari 5.1. Moddiy vositalar zaxiralari tushunchalari Moddiy vositalar zaxiralari tushunchasi logistikadagi muammolardan hisoblanadi, tabiatdan olingan xomashyo tayyor buyum sifatida oxirgi iste’molchiga qadar yetib borguncha u ko’chiriladi, boshqa moddiy vositalar bilan birlashadi, hamda ishlab chiqarish yuzasidan ishlanadi. Moddiy vositalarni o’tkazish yo’llarining zanjirlari bo’yicha harakatlanib, xomashyo (keyinchalik yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulot) ma’lum davrlarda ushlab qolinib u yoki bu ishlab chiqarish yoki logistik jarayonlarga kirish uchun navbati bilan saqlab turiladi. Umum tarzdagi ifodalanish quyidagilardan iborat: moddiy vositalar zaxiralari – bu ishlab chiqarish va muomalaning har xil bosqichlaridagi ishlab chiqarish texnika sohasidagi mahsulotlar, xalq iste’moli buyumlari va boshqa tovarlar bo’lib, shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’moli bo’yicha jarayonlarga kirishi uchun turgan navbatdagi mahsulotlardir. Agar ishtirokchilar zanjirini boshlang’ich xomashyoni xalq iste’moli buyumiga aylantirish ta’minlanib va bu buyumlarning siljishiga erishilsa, u holda jarayon yagona mexaniq konveyer singari ishlab, kutish davri amalda nolga teng bo’lardi. Biroq haqiqiy hayotda bunday bo’lmaydi. 49 Zaxiralarni barpo etish hamma vaqt xarajatlar bilan bog’liq. Zaxiralarni barpo etish va ularni saqlab turish bilan bog’liq bo’lgan asosiy xarajatlarni sanab o’taylik: -to’xtatilgan moliya vositalari; -maxsus uskunalar bilan jihozlangan binolarni saqlab turish uchun xarajatlari; -maxsus xodimlarning mehnatiga to’lanadigan ish haqi; -doimiy ravishda isrofgarchilik, o’g’irlanish yuzasidan bo’ladigan xavf-xatarlar. Zaxiralarning mavjudligi bu xarajatlardir. Shu bilan birgalikda zaxiralarning bo’lmasligi ham xarajatlar bo’lib, turli xilda ifodalanadigan zararlardir. Zaxiralarning bo’lmasligi bilan bog’liq bo’lgan asosiy zararlarga quyidagilarni kiritish mumkin: -ishlab chiqarishning to’xtaganligi sababli bo’ladigan zararlar; -talab qilingan paytda tovarning omborda bo’lmasligi sababli vujudga keladigan zararlar; -kichik to’plamdagi tovarlarning ancha yuqori qiymatda sotib olish yuzasidan vujudga kelgan zararlar. Zaxiralarni sanab turish ma’lum darajadagi xarajatlar bilan bog’liq bo’lganligiga qaramasdan, tadbirkorlar ularni barpo etishga majburdirlar, chunki zaxiralarning bo’lmasligi foydaning ko’proq qismini yo’qotishga olib keladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling