Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika


-rasm. Logistikaning menejment va marketing bilan


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/97
Sana16.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1508292
TuriУчебное пособие
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
Bog'liq
Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika

 
2.3-rasm. Logistikaning menejment va marketing bilan 
aloqadorligi 
Logistik nuqtai nazardan mahsulot qadoqlash o’lchamlari, 
transport vositalariga joylashtirish sharoitlari logistik xarajatlar 
4
Логистика-
http://big.spb.ru/publications/bigspb/logistics/com/logistics
 
logistika
1.Oqimiy yondashuv 
ustivorligi; 
2.Oqimiy jarayonlarni 
iste’molchi fe’l-atvoriga 
muvofiqlashtirish; 
3.Aniqlik qoidalariga amal 
qilish; 
4.Markazlashgan boshqaruv 
va erkin tadbirkorlik 
uyg’unligi. 
 
 
 
 
 
Menejment: 
1.Manfaatlarni 
uyg’unlashtirish; 
2.Kuch-g’ayratni birlashtirish
3.Mahoratni 
takomillashtirish; 
4.Mehnat unumdorligini 
oshirish. 
Marketing: 
1.Nima? Kim uchun? Qanday 
usul bilan? 
2.Iste’molchi tanloviga ta’sir 
etish; 
3.Bozorda 4R qoidasiga amal 
qilish; 
4.Sotiladigan mahsulot ishlab 
chiqarish. 


27 
hajmiga ta’sir etadi va mahsulot narxini oshirishni talab qiladi. Aks 
holda bu jarayon marketing foydasini kamayishiga olib keladi. Yoxud 
marketing strategiyasidagi narxga samarali rioya qilish uchun omborda 
saqlash hamda tashishda distribyusiya tizimidagi chiqimlarni sezilarli 
qisqartirish talab etiladi. Ishlab chiqarish tannarxi bilan mazkur 
qisqartirilgan xarajatlarning yig’indisi narx muammosini hal etishga 
ijobiy ta’sir qiladi. Ya’ni bunday holatda logistikaning ushbu jabhadagi 
yordami asqotadi. 
Marketologlar ulgurji va chakana savdodagilar uchun mahsulotni 
tanlaydilar. Logistlar distribyusiya tuzilishini tanlash bilan vaziyatni 
oydinlashtiradilar. Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini ulgurji 
xaridorlarga 
sotishlari 
bilan 
transport 
xarajatlarini 
tejaydilar. 
Zaxiralarning saqlanish tartibi, xaridorlarga mahsulotni taqdim etishda, 
yetkazishda, qadoqlanish tartibi uning sifat ko’rsatkichini belgilaydi. 
Logistika nafaqat yetkazib berishni, balki sotish oldidan va sotishdan 
keyingi xizmatni tashkil etish orqali marketing strategiyasi 
muvaffaqiyatiga ta’siri bilan ham bu jarayonda markaziy o’rinni 
egallaydi. 
Logistika ishlab chiqarish sikli ta’minotga omil vazifasida xizmat 
qilganda ishlab chiqarish siklida uzilish bo’lmasligi uchun zarur 
zahiralar kafolatlanishi evaziga subyekt salohiyatidan to’liq 
foydalanishga imkon yaratiladi. Mabodo ishlab chiqarish sikli 
mavsumiylikdan 
iborat 
bo’lsa 
ham 
taklif 
va 
talabni 
uyg’unlashtirishga, mahsulot narxi muvozanatlashuviga olib keladi. 
Mavsumiylik sharoitida tayyorlov hajmi va zahiralar saqlashning 
optimal nuqtasi orqali bozor muvozanatiga intilish ta’minlanadi. 
Bunda operativ (tezkor) menejment va tadbirkorlik
logistikasi 
masalalari ustma-ust tushadi. Xususan, texnologik transport, 
texnologik jarayonlardagi zahiralar va g’amlamalarni boshqarish
moddiy resurslar buyurtmasini tashkil qilish kabilar shular 
jumlasidandir.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling