Tajriba ishi №1 Sanoatda qo`llaniladigan portlovchi modda detonatsiya tezligini aniqlash. Ishdan maqsad
Yoriqsimon zonalarni aniqlash usullari
Download 112.64 Kb.
|
BPI tajriba 2sirtqi
Yoriqsimon zonalarni aniqlash usullari.
- Portlatish ishlaridan keyingi massivda yoriqliklarni kernli usul bilan aniqlash. Kernli usulda asosan tog` jinsi mustahkamligidan foydalanib topiladi. Bu uchun portlashdan oldin va keyin ettita skvajinadan kern namunasi olinadi. Bunda pog`onaning uski yuza qismidan har 3 m qazib olinadi, massiv chuqurligiga qarab 20 m gacha. Kernni olishda o`zi yurar burqilash qurilmasi URB- 2A (ustanovka rotornogo bureniya 93 mm diametli) qo`llaniladi. So`ngra namunaga yoriqli kernlar ajratiladi va belgilar qo`yiladi. Sxemada ko`rsatilgandek - 0,0; -5,0m; -10,0m; -15,0; -20,0m. So`ngra portlashdan oldingi va keyingi olingan kern namunasining mustahkamligiga qarab tog` jinsi massividagi yoriqlar radiusi ustki yuzagacha aniqlanadi. (tog` jinsining mustahkamligi gidravlik pressga solib aniqlanadi). - Seysmoakustik usul bilan yoriqliklar zonasini aniqlash, massivning yoriqliklar (zaiflashuvchan) zonasi o`lchamini aniqlashda portlatish natijasida yangidan hosil bo`lgan pog`onaning qiyalik yuzasidan boshlab kon massivi chuqurligi bo`yicha yo`naltirilgan tovush to`lqiniga asosan seysmoakustik usul qo`llaniladi. Bunda qayishqok to`lqin tezligidan foydalanib yuqorigidagidek har 3 m dan 20 m chuqurlikdagi skvajina qaziladi. Bu erda umumiy o`rganiladigan maydon 21-22 m ni tashkil qiladi. Bu 2 - rasmdagi sxemada ko`rsatilgan. Bu usulda yoriqlar zonasini aniqlash uchun SV-30 tipdagi seysmo uskunadan foydalanib, seysmo uskunaning skvajinaning 1-3 m masofalarida o`rnatamiz. O`rganiladigan zona seysmo uskunaga yaxshi kontakt berishi uchun metal ponadan foydalanamiz. tajriba tadqiqotlarida PM zaryadini portlatishda qo`zg`atish sharoitini doimiy ravishda ushlab turishi uchun portlatish ishlari suvga to`ldirilgan skvajinalarda olib boriladi. Bu usul bilan yoriqlar zonasini aniqlashda tog` jinsi massivining portlatishdan oldin va portlatishdan keyin tekshirib aniqlanadi. Bu erda seysmo uskunadan tushadigan signallar seysmostantsiyaga yoziladi. Bunda to`lqinning kon massivida tarqalish tezligi birinchi keladigan uzun to`lqindan har-xil chuqurlikdagi keladigan to`lqinni kuzatmoq orqali topiladi. - Ekspress usuli yoriqalar zonasini aniqlashda massivga suv singdiruvchanlik yo`li bilan topiladi. Bu usulda ham diametri 93mm chuqurligi 20m bo`lgan kernli skvajina qaziladi. (2-rasm) va har-xil masofada joylashgan skvajinalarga suv solamiz. So`ngra suvning ketish tezligiga qarab zaiflashgan zona ya`ni yoriqlar zonasi topiladi. Bu usul portlashdan oldin va keyin tekshirish orqali topiladi. 2-rasm. Yoriqlar zonasini aniqlash sxemasi. 1. Geologik skvajina. 2. Seysmo uskuna. 3. ED. 4. Zaryadlangan portlovchi skvajina. Download 112.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling