Тажриба иши №7


-rasm. Vertikal shpindellar


Download 206.5 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi206.5 Kb.
#263863
1   2   3   4
Bog'liq
Tajriba ishi №5. VSH PTM tuzilishi, ishlashi, rostlashlari va ishini tadqiq qilish.

1.3-rasm. Vertikal shpindellar:

a-yaxlit; b-tarkibiy; 1-rolik; 2-kopkok; 3-podshipnik; 4-shpindel; 5-vtulka; 6-pastki disk; 7-sterjen (po’lat truba); 8-ustki disk; 9-vtulka; 10-tishli po’lat lenta.
SHpindellarning yuritish roliklari ish zonasidagi tasmalardan chikib, teskari aylan-tirish kolodkasining tasmalariga urilganda bir onda aylanishdan to’xtaydi so’ngra teskari tomonga aylana boshlaydi. SHpindel to’xtaganda uning sirtiga o’ralgan paxtaga teskari yo’nalgan katta tezlanish ta’sir etadi. SHunda paxta o’rami shpindel sirtidan biroz ko’chadi va shpindel bilan birga uning o’ki atrofida teskari yo’nalishda aylanmaydi. Lekin ko’pchilik Xollarda paxta shpindeldan o’z-o’zicha yechilmaydi. SHuning uchun paxta cho’tkali ajratgichlar yordamida yechib, tortib, urib yoki tarab ajratib olinadi. Ajratgichning cho’tkalari plankalarga terilgan. Plankalar esa barabanda tsilindr yasovchilari yoki vint chiziklar bo’ylab joylashtirilgan.

SHpindellar ajratish zonasida paxtadan to’lik tozalanishi lozim. SHpindelda kolgan tolalar keyinchalik mustaxkam yopishib,tishlar ko’saklardagi ochilgan paxtani ilib olish kobi-liyatini yo’kotadi. Bunday xollarda shpindellar maxsus metall cho’tkalar bilan tozalanadi. SHira bosgan shpindellar suv bilan yuviladi.

SHpindellar ikki xil: yaxlit va tarkibiy bo’ladi. Yaxlit shpindel (1.3-rasm, a) kalin devorli po’lat trubadan iborat bo’lib, uning tashki sirtida to’rt kator tishlar kertiladi. Xar katordagi tishlar kadami va balandligi 2 mm. Tarkibiy shpindel (1.3-rasm, b) oddiy po’lat truba va unga vint chizik yo’nalishida o’ralgan tishli po’lat lentadan iborat.

Ko’sakdagi ochilgan paxtani terishda shpindellarning tishlari paxta bo’laklariga sanchiladi, tolalar orasiga kiradi, ularni shpindelga o’raydi. SHpindel tishlarining paxtaga sanchilib tolalar orasiga botish kobiliyati paxta terish apparati asosiy parametrlarining o’zaro nisbatiga boglik. Bunday parametrlarga shpindel va barabanning diametrlari, aylanish tezliklari, shpindellar soni, mashina tezligi va x.k. kiradi. Bu parametrlar shpindel tishlarining faollikligini va sirtmoksimon absolyut traektoriya bo’ylab Xarakatlanishini ta’minlashi lozim.

Barabanning aylanish tezligigo’za tuplarining ish tirkishiga tortilishiga ko’maklashishi lozim. Fo’zapoyalar apparatning ish tirkishiga kirishdan oldin ko’zgalmas tupyo’naltirgichlar 1 (1.4-rasm) orasida sikiladi, ogib kolgan shoxlar ko’tariladi. Ish tirkishi 26...34 mm.

Sikilgango’zapoyalar shpindel bilan A nuktada uchrashadi. Fo’zapoyalarning shpindelli barabanlar ta’sirida ish tirkishiga faol tortilishi uchun A nuktaning ua absolyut tezligi um mashina tezligiga karshi yo’nalgan bo’lishi lozim. Absolyut tezlik baraban ub va mashina um tezliklarining geometrik yigindisiga teng:



Bu tenglama absolyut tezlik vektoriua mashinaning tezlik vektori um ga tik yo’nalgan xolati uchun yozilgan. Sxemadan ko’rish mumkinki, bu xolat ub > um bo’lgandagina yuzaga keladi. SHpindel sirti bilan tuplar orasida ishkalanish borligidan absolyut tezlik yo’nalishi ichkari tomonga ishkalanish burchagi j ga ogib, katta kiymatga erishadi va tuplarni ish tirkishiga kuchli tortadi.

Baraban va mashina tezliklarining uzaro nisbati shpindelli barabanning mashina tezligiga nisbatan o’zish koeffitsienti deyiladi:



K = ub/um = wbR/um

SHpindellar (g1 + g2) markaziy burchak bilan cheklangan yoy bo’ylab o’tish vaktida( t = 0,15...0,2 s) o’z o’ki atrofida 3...4 marta aylanib ulgiradi va ko’saklardan 100...130 mm gacha cho’zilgan paxtani o’ziga o’raydi. SHpindelning ish zonasidagi aylanish tezligi cheklanadi. Tajribalarning ko’rsatishicha, ko’saklardan ochilgan paxtani sugurib olishda shpindelning aylana tezligi ush 1,5...1,7 m/s dan oshmasligi kerak. Bundan katta tezlikda shpindel ko’-saklardan paxtani ilib oladi-yu, uni darxol tashlab yuboradi. Bunga kattalashgan markazdan kochma kuchlar sabab bo’ladi.



Tajriba ishini bajarish tartibi

1.SHpindelning aylanish tezligi xisoblanadi, min-1:

nsh = 60ush/ (pdsh). (1.1)

Buning uchun ush= 1,6...1,7 m/s kabul kilinadi. dsh o’lchanadi.



  1. Barabandan shpindelga Xarakat uzatish nisbati aniklanadi:

i = ( R ± r )/r, (9.2)

bunda R - barabanning shpindellar markazigacha radiusi; r - shpindel yuritishgaltagining yumalash radiusi.«-» ishorasi shpindelni teskari aylantirish zonasi uchun kabul kilinadi. R va r - o’lchanadi.



  1. SHpindelli barabanning aylana tezligi xisoblanadi, m/s:

ub = pRnsh/(30i). (1.3)

4. Mashinaning xarakat tezligi xisoblanadi, m/s:



um = ub/K , (1.4)

5. SHpindelli barabanning aylanish tezligi xisoblanadi, min-1:



nb=30Kum/(pR) . (1.5)

  1. Ish zonasida shpindellarni aylantirish tasmasi ish kismining uzunligi xisoblanadi, mm:

L = p(R + r)(g1 + g2)/180 , (1.6)

bunda (g1 + g2) – ish zonasida yuritish tasmalarining shpindel roliklarini kamrash burchagi. Uning kiymati apparatdan o’lchanadi.



  1. SHpindelning ish zonasida bir marta aylanish vakti, s:

T = 60/nsh . (9.7)

  1. SHpindel markazining L masofani o’tish vakti, s:

t = (g1 + g2)/(6nb). (1.8)

  1. SHpindelning ish zonasida o’z o’ki atrofida aylanishlari soni:

z = t/T. (1.9)

  1. SHpindelli baraban A nuktasining ishkalanish xisobga olingandagi absolyut tezligi, m/s:

u =, (1.10)

bunda b = 900 - g1 - g2. Ishkalanish burchagi j = 300.



  1. Bevosita o’lchangan va xisoblangan kattaliklarning kiymatlari 1-jadvalga yoziladi.

1-jadval



Db, mm

dsh, mm

r, mm

I

nsh, min-1

ub, m/s

nb, min-1

K

um, m/s

g1+g2,grad.

z

ua , m/s








































  1. 1.1-jadval ma’lumotlari asosida 1:5 masshtabda shpindelli baraban va tezliklarning yo’nalish grafigi (1.4-rasm) chiziladi.




Download 206.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling