Тажриба иши №7


Download 206.5 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi206.5 Kb.
#263863
  1   2   3   4
Bog'liq
Tajriba ishi №5. VSH PTM tuzilishi, ishlashi, rostlashlari va ishini tadqiq qilish.


Tajriba ishi №5

Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi, ishlashi, rostlanishlari va rostlashlari va ishini tadqiq qilish
Ishdan maqsad. Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining umumiy tuzilishini, ishlash tartibini, apparatlarning yuritmalarini o’rganish va ba’zi asosiy parametrlarini aniklash.

Jixozlar. Vertikal shpindelli paxta terish mashinasi, shpindelli barabanlar, turli konstruktsiyadagi shpindellar va cho’tkali ajratgichlar

Umumiy ma’lumotlar

Paxta terish mashinalari (PTM)ikki yoki turt katorli kilib tayyorlanadi. PTM 0,9 yoki 1,4 klass traktorlariga yoki uziyurar shassiga urnatiladi. Mashina kator oralari 60 yoki 90 sm kilib ekilganguza tuplaridagi ochilgan kusaklarning chigitli paxtasini terishga muljallangan. Mashina terimiguza tuplaridagi barcha kusaklarning kamida 60 foizi ochilganda boshlanadi. Bu davrga kelib urtacha navguzalar buyi 60...100 sm, uzun tolali navguzalar bUyi esa 150 sm buladi.

Mashina terimi oldidan go’zalar defoliatsiya kilinib, barglar sun’iy to’ktiriladi. SHunda barglarning kamida 70 foizi to’kilishi lozim. Mashina terimi ikki marta bajariladi. Birinchi terim ko’saklarning yarmidan ko’pi ochilganda, ikkinchi terim esa ikki xaftadan keyin o’tkaziladi. Birinchi terimdan so’ng desikatsiya o’tkaziladi, ya’ni defoliatsiya natijasida biror sabab bilan barglari to’kilmay kolgan maydonlardagiguzalar kimyoviy dorilarni sepib, sun’iy kuritiladi.

1.1-rasmda ikki katorli paxta terish mashinasining ishlash sxemasi ko’rsatilgan. PTM dala bo’ylab xarakatlanganda bir yo’la ikki katorning ochilgan paxtasini ikki tomonlama va ikki kayta teradi. Tupko’targichlar 1 va oldgildirakning suyrisimon ixotasi ikki katorninggo’za tuplarini juft barabanlar 5 o’rtasidagi ish tirkishiga yo’naltiradi.

Barabanlar ish zonasida mashinaning xarakat yo’nalishiga teskari tomonga aylanadi. Barabanlarning aylana tezligi ub mashina tezligi um dan 1,3...1,6 marta katta bo’lganidan barabanlarguza tuplarini ortikcha ogdirmasdan tirkish tomonga tortadi. SHpindellar ish zonasida mashina xarakati tomonga aylanadi. SHunga ko’ra o’ng baraban shpindellari soat mili yo’nalishida, chap baraban shpindellari esa karshi tomonga aylanadi va bu shpindellar o’nakay va chapakay tishli deb ataladi.



Baraban aylanishda davom etib shpindellarni paxta terish (ish) zonasidan olib chikkach, ularni ajratgichlar 3 zonasiga keltiradi. Bu zonada shpindellar teskari aylantirish kolodkasining ponasimon tasmalariga duch kelib teskari tomonga aylana boshlaydi. CHo’tkali ajratgichning aylana tezligi shpindellarnikidan olti xissa katta.




Download 206.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling