Tajriba ishi№9. Egilishdagi balkaning ko’ndalang kesim yuzalaridagi kuchlanishlarni aniqlash


Download 1.6 Mb.
bet3/6
Sana18.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1099021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-laboratoriya ishi (1)

2.6.4-rasm. Ichki kuch faktorlari.
σdF elementar kuchlarining y ga nisbatan momenti nolga teng, va x o'qiga nisbatan esa - umumiy egilish momenti M ga teng. Unda quyidagiga ega bo’lamiz:


(2)

Birinchi ifoda quyidagi ko’rinishga keladi


Jxy=0
Shunday qilib, brusning egriligining o'zgarishi moment tekisligida sodir bo'ladi, agar u kesim yuzasimning asosiy o'qlaridan biridan o'tib ketsa. Bu egilish to'g'ri egilish deb ataladi. Agar egilish momentining tekisligi kesim yuzasimning asosiy o'qiga to'g'ri kelmasa, egilish qiyshiq deyiladi.
(2) ifodalardan biz chiziq egriligining egilish momentiga bog'liqligini olamiz:

bu erda Jx - egilish momenti tekisligiga perpendikulyar bo'lgan asosiy markaziy o'qqa nisbatan kesim yuzasining inertsiya momenti.
EJX qiymati brusning egilishdagi bikrligi deb ataladi. Bu qiymat kesim yuzasining chiziqli o'lchamlarining to'rtinchi darajasiga proportsional o'zgarishi bilan mutanosib ravishda. Guk qonunidan (1) 1 / ρ egrilikni olib tashlab, biz kuchlanish σ ifodasini olamiz:
Egilishda maksimal kuchlanish neytral o'qdan eng ko’p uzoqdagi nuqtalarda sodir bo'ladi (2.6.5 -rasm)






2.6.5-rasm. Kuchlanishni kesim yuzasi bo’ylab tarqalishi
Jx / yMAX nisbatga kesim yuzasining egilishidagi qarshilik momenti WX [sm3] deb ataladi.
Unda

Egilishdagi kuchlanishlar balka ko’ndalang kesim yuzasining chiziqli o'lchamlarining uchinchi darajasiga teskari proportsional bo’ladi. Eng tejamli ko’ndalang kesim yuza shakllari bo'lib, ular uchun Wx- qarshilik momentining eng katta qiymati eng kam material sarfi bilan olinadi. Shunga ko'ra, kesim yuzasini neytral o'qdan iloji boricha uzoqroqqa taqsimlash zarur. Bunday kesimlar uchun namuna standart qo’shtavr-profil bo'lishi mumkin. Vertikal tekislikda egilganda, bunday profillar boshqa kesim shakllarga nisbatan sezilarli ustunlikga ega.


Jismning elastiklik xususyatlarinini kesim balandligi bo’ylab balkaning egilisdagi kuchlanishlarning taqsimlanishini tajriba usuli bilan o'rganish uchun tenzometlash (kuchlanishni o'lchash) usullaridan foydalanish mumkin. Yuklangan jismlarning yoki balkani tenzometlash (kuchlanishni o'lchash) [3] tenzorezistorlarni o'rnatish nuqtalarida deformatsiya tenzorining komponentlarini aniqlash imkonini beradi.
Tenzorezistor- bu datchik bo’lib, qarshilik uning deformatsiyasiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Tenzorezistorlar (kuchlanish o'lchagich) yupqa plyonkalardan yoki o'tkazuvchi materiallardan yasalgan simlardan tayyorlanib (2.6.6 -rasm), izolyatsion materiallarning ikki qatlamli plyonkalari orasiga joylashtirilgan bo’ladi.
Universal tenzorezistorlar (kuchlanish o'lchagich) quyidagi tuzilishga ega: ingichka metallga chidamli plyonkadan yani folgadan (qalinligi 3-6 mikron) yasalgan panjarali sezgir element yupqa plastmassa plyonka (qalinligi 15-16 mikron) ustiga qo'yiladi va yupqa plyonka bilan laminatlanadi(qoplanadi). Tenzorezistorlar (kuchlanish o'lchagich) ning chetida simlarni tashqi ulanishi uchun maydonchalar yasaladi. Tenzorezistorlar konstruksiyaga yopishtirgich (nakleyka)yordamida o’rnatiladi. Tenzorezistorlar bikrligi konstruksiya bikrligidan juda kichik bo/lishi zarur. Konstruksiya yuklanganda, deformatsiyalar yopishtiruvchi kley qatlam orqali tenzorezistorga o'tkaziladi, bu esa deformatsiyalarni o'lchash imkonini beradi. Deformatsiyalarda konstruksiyaning elastik ishlash zonasi uchun kuchlanishlarni Guk qonunidan foydalangan holda aniqlab olish mumkin.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling