Tajriba ishi№9. Egilishdagi balkaning ko’ndalang kesim yuzalaridagi kuchlanishlarni aniqlash


Download 1.6 Mb.
bet1/6
Sana18.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1099021
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-laboratoriya ishi (1)


Tajriba ishi№9. Egilishdagi balkaning ko’ndalang kesim yuzalaridagi kuchlanishlarni aniqlash


2.6.1. Ishning maqsadi
Tenzometrik usullar bilan sof egilishda elastik balka kesim balandliklari bo'ylab normal kuchlanishlarning taqsimlanishini tajriba usuli bilan aniqlash.
2.6.2. Kerakli jixoz va asboblar
OSM-8LR-09 "Materiallar qarshiligi asoslari" o'quv stendi.
Po’latdan yasalgan namunalar.
O'lchov asboblari – shtangensirkul, o'lchov chizg'ichi
2.6.3. Nazariy malumotlar.
Tashqi kuchlar ta’sirida balka ko’ndalang kesim yuzalarida ichki kuch faktorlaridan faqat eguvchi moment M xosil bo’lsa, bunday deformatsiyaga egilish deformatsiyasi deyiladi. Egilishga ishlaydigan bruslarga balka deyiladi. Agarda balka ko’ndalang kesim yuzalarida ichki kuch faktorlaridan faqat eguvchi moment M paydo bo’lsa, ko’ndalang Q va normal N kuchlar nolga teng bo’lsa, bunday egilish sof egilish deyiladi. Agarda balka ko’ndalang kesim yuzalarida ichki kuch faktorlaridan eguvchi moment M bilan birgalikda ko’ndalang kuch Q xam bo’lsa bunday egilishga ko’ndalang egilish deyiladi. Sof egilishda brus kesimlarida(2.6.1-rasm) ko’ndalang kuchlar Q=0 ga teng bo’lib, eguvchi moment doimiy ta’sir qiladi.
Eguvchi moment M ta’siridagi brus egiladi. Brusning istalgan qismida bir xil egilish momenti sodir bo'lganligi sababli, bir jinsli brusning hamma bo'laklarning egrilik o'zgarishi bir xil bo'ladi. Binobarin, sof egilishdagi bir jinsli brusning o'qi doira yoylari shaklni oladi.[1]

2.6.1-rasm. Yuklanishi sxemasi va eguvchi momentning epyurasi

Egilishgacha brusning ko’ndalang kesim yuzalaridagi nuqtalar, egilish natijasida fozoda shunday joylashadiki, ularni yig’indisi yana tekislik xosil qiladi[5]. Simmetriya shartlariga ko'ra, AA o'rtacha ko’ndalang kesimining nuqtalari (2.6.2a-rasm) na o'ngga, na chapga siljishni qabul qila olmaydi, demak, bu kesim tekis bo'lib qoladi. Brusning AA kesim bilan ikkita teng qismga kesib, biz butun qism bilan bir xil sharoitda bo'laklarning yarimini olamiz (2.6.2-rasm). Ushbu yarim qismlar uchun o'rta kesimlar ham tekis bo'lib qoladi.








Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling