Tajriba. Sirka aldegid sintezi Laboratoriya ishidan maqsad


- tajriba SULFANIL KISLOTA SINTEZI


Download 1.71 Mb.
bet6/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1315445
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ORGANIK KIMYO 2 (LAB)

5- tajriba SULFANIL KISLOTA SINTEZI
Reaktnvlar. 9,1 ml anilin, 16,5 ml sulfat kislota (d=1,84), aktiv-lantirilgan ko’mir. Ish mo’rili shkafda bajariladi! 100 ml sig’imli, qaytarma sovitgich ullngan kolbaga 9,1 ml anilin solib, unga aralashtirib turgan holda asta-sekin 16,5 ml kontsentrlangan sulfat kislota qo’shiladi. Aralashma moy hammomida 180 - 1900C da (termometr moyga tushirilgan holda) qizdiriladi. Taхminan 3-4 soatdan so’ng namuna olinadi. Reaksion aralashmadan bir tomchi namuna olib, probirkadagi sovuq suvga tomiziladi va unga o’yuvchi natriyning suyuq eritmasi qo’shiladn. Agar reaksiyaga kirishmay qolgan anilin suv yuziga ajralib chiqmasa, reaksiya nihoyasiga yetgan deb hisoblash mumknn. Sovitilgan reaksion aralashma stakandagi ozroq sovuq suv ustiga quyiladi. Sulfanil kislota kristallari filtrlab olinadn va filtrda sovuq suv bilan yuviladi.
Sulfanil kislota qaynoq suvdan qayta kristallantiriladi, bunda kerak bulsa aktivlangan ko’mir qo’shiladi. Hosil bo’lgan sulfanil kislotaning yaltiroq plastinkasimon kristallari Byuхner voronkasida filtrlanadi, ozroq, sovuq suv bilan yuviladi va filtr qog’ozi orasida quritiladi. havoda quritilganda kristallizatsiya suv yo’qoladi. Sulfanil kislotaning miqdori 10 g.
Sulfanil kislota (p- aminobenzolsulfokislota) rangsiz kristall modda. Molekulyar massasi 173,18; parchalanish temperaturasi 280 - 3000C. Suvli eritmasidan 400C dan yuqori temperaturada suvsiz sulfanil kislota, 21- 400C da monogidrat, 0 - 21 0C da esa ikki molekula suvi bor digidrat sulfanil kislota ajralib chiqadi. Sifat reaksiyasi. Sulfogruppaning gidrolitik parchalanishi. Sulfanil kislotaning suvdagi qaynoq eritmasiga bromli suv qo’shilganda tribromannlin mayda kristallar holida cho’kmaga tushadi.




6-tajriba. n-Nitroatsetanilid sintezi
Laboratoriya ishidan maqsad: Ushbu laboratoriya ishida talabalar aromatik nitrobirikmalardan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun laboratoriya sharoitida atsetanilid molekulasiga nitroguruxni kiritib nitrobirikmalar va orentatsiya qoidalarini tajriba orqali ko’radilar.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling