Tajribai sh I №1 1A616 modelli toкarliк vint qirqish stanogini detallarga ishlov berishga sozlash va rostlash


IV. Ishning mazmuni va bajarish tartibi


Download 0.85 Mb.
bet2/5
Sana14.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1267143
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-TAJRIBA ISHI AICHTJ

IV. Ishning mazmuni va bajarish tartibi
1. 1А616 modelli toкarliк vint qirqish stanogining vazifasi va texnik xarakteristikasi;
2. 1А616 modelli toкarliк vint qirqish stanogining kinematikasi;
3. 1А616 modelli toкarliк vint qirqish stanokni sozlash;
4. 1А616 modelli toкarliк vint qirqish stanogining sozlash tartibi.
1. 1А616 modelli toкarliк vint qirqish stanogining vazifasi va texnik xarakteristikasi
1A616 modelli tokarlik vint qirqish stanogi keskichlar bilan sirtqi silindrik, konus va shakldor yuzalar yo’nish, silindrik va konus teshiklarni yo’nib kengaytirish, yon yuzlarni yo’nish, zagotovkalarni qirqib tushirish, qisman kesish hamda ichki va sirtqi yuzalarda metrik, dyuymli, moduli, pitchli rezbalar qirqish, qirqish asbobini orqa babka pinolida mahkamlab teshiklar parmalash, zenkerlash va razvyortkalash ishlarini bajarish mumkin. Ishlov beriladigan zagotovka patronda qisiladi yoki markazlarga o’rnatiladi. 1A616 tokarlik vint qirqish stanogining umumiy ko’rinishi 3.01-rasmda ko’rsatilgan.
Stanokning qisqacha texnik tasnifi: staninadan yuqorida ishlov beriladigan zagotovkaning eng katta diametri – 320 mm; ishlov beriladigan zagotovkaning eng katta uzunligi – 660 mm; qirqiladigan rezbalar qadami: metrik rezba uchun – 0,5...24 mm; dyuymli rezba uchun 1’’ ga – 56...1 o’ram; modulli rezba uchun – 0,25...22 mm; pitchli rezba uchun – 128... 2 pitch; bo’ylama va ko’ndalang surish qiymatlari 0,065...0,91 mm/ayl; shpindelning aylanish chastotalari chegaralari – 11...2240 ayl/mm; tezliklar soni – 21; elektr dvigatelning quvvati – 5,5 kVt; stanokning massasi – tahminan 1500 kg.


3.01 – rasm. 1A616 modelli tokarlik stanogining umumiy ko’rinishi
Stanokning asosiy qismlari: I – tezliklar qutisi; II surishlar qutisi; III – almashma g’ildiraklar gitarasi; IV – oldingi babka; V – support; VI – fartuk; VII – ketingi babka; VIII – elektrojihozlar; IX sovitish sitemasi; X – stanina.
Stanokning boshqarish organlari: 1,2 – surishlar qutisini boshqarish dastaklari; 3,4,5 – surish qiymatini va qirqiladigan rezba qadamini o’rnatish dastaklari; 6 – yuritish vinti va yuritish valini ulash tugmachasi; 7 – rezba qirqishda normal va oshirilgan qadamga ulash dastagi; 8 – surish yo’nalishini o’zgartirish dastagi; 9 – tezlikni o’zgartirgichni (perebor) qo’shish dastagi; 10 – supportni ko’ndalang surish dastagi; 11 – keskich tutkich kallagini aylantirish va mahkamlash dastagi; 12 – supporning rezbali salazkasini surish dastagi; 13 – yuritish vinti gaykasini qo’shish dastagi; 14 – ketingi babka pinolini mahkamlash dastagi; 15 – ketingi babkani ko’ndalang siljitish vinti; 16 – ketingi babkani staninagi mahkamlash dastagi; 18 – stanok elektr jihozlarini tarmoqqa ulash dastagi; 19 – stanokni qo’shish va shpindelni reverslash dastagi; 20 – supportning ko’ndalang surishini qo’shish dastagi; 21 – supportning bo’ylama surishini qo’shish dastagi; 22 – supportni qo’lda bo’ylama siljitish chambaragi.






    1. Download 0.85 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling