Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash
Download 120.5 Kb.
|
1355651791 41168
Bozorning subyektlari
Jamiyatda uchta asosiy iqtisodiy subyektlar tovar – pul munosabatlariga asosan aloqa qilib turadi. Bular davlat, korxona va uy (oila) xo`jaligidir. Bularning munosabatlari ikki tomonlama xarakterga ega bo`ladi. Davlat bilan bozor subyektlarining munosabatlari asosan qonunlar, qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi, lekin xo`jalik aloqalari (oldi - sotdi) shartnomalar, kelishuvlar, davlat buyurtmalari, kontraktlar, davlat subsidiyalari orqali amalga oshiriladi. Bozor subyektlari (korxona, uy xo`jaligi) ning aloqalari, munosabatlari shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bozor tizimida iqtisodiy subyektlarning bir – biri bilan oldi – sotdi munosabatlarining predmetlarini keltiramiz (2.1.4.2- chizma) Xo`jalik faoliyati va xo`jalik ishlari bilan har bir shaxs, fuqaro qadimdan shug`ullanib kelgan. Ular o`z – o`zini ta`minlash masalasini hal qilish bilan shug`ullanishadi. Bunday xo`jalik yuritish shakliga uy (oila) xo`jaligi deb yuritiladi va u jamiyatning birlamchi, boshlang`ich bo`g`inidir. Ularning belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin: shaxsiy ehtiyojni qondirish. Ular ishlab chiqargan narsasini o`zi yoki oilasi iste`mol qiladi, ular ishlab chiqaruvchi va iste`molchi hisoblanadilar. hozirgi zamonda uy (oila) xo`jaliklari ortiqcha mahsulotlarini sotish uchun bozorga ham chiqadi. Bunday hollarda oila xo`jalik faoliyatidan qo`shimcha daromad manbai sifatida foydalaniladi va ular qisman jamiyatni, boshqalarni ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilgan hisoblanadi. Bunday holda uy xo`jaligining mahsuloti tovar shakliga aylanadi; ular faoliyatida shaxsiy mulkidan foydalaniladi (ayrim hollarda kredit yoki ssudalardan foydalanishi ehtimoldan holi emas); asosan o`z ish kuchini ishlatishadi, yollanma ishchi kuchidan foydalanishi ham mumkin; faoliyatida ishlatiladigan barcha resurslardan samarali foydalanishgacha va ko`proq mahsulot ishlab chiqarishga intilishadi; yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmaydi, ularga hokimiyatdan ruxsatnoma olish shart emas; faoliyat yuritishda mustaqil qarorlar qabul qiladi va nihoyat, ular o`z tavakkalchiligi asosida ish yuritadi. Jamiyatning asosiy bo`g`inini, ishlab chiqarish va xizmatni bozor va jamiyat uchun amalga oshiruvchi, o`z xo`jalik faoliyatini o`z ehtiyoji (talabi) uchun emas, tashqi, boshqalar ehtiyojini (talabini) qondirishga yo`naltiruvchi subyektlar bo`lib, korxonalar hisoblanadi. 2 chizma Download 120.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling