Maxsus o`ziga xos iqtisodiy qonunga - qo`shimcha qiymat qonuni kiritilgan.
Bu yerda biz iqtisodiy qonunlar to`g`risida munozara va mulohazalar qilmaymiz, bu bizning maqsadga kirmaydi.
Bu qonunlar va ularni olimlar tomonidan talqinini ma`lumot uchun keltirmoqdamiz. Bizning fikrimizcha, bu masala allaqancha chigal va munozarali masala bo`lib, iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o`rganishni, tadqiqot qilishni talab qiladi.
Endi bozor iqtisodiyotining qoidalariga to`xtalib o`tamiz.
Bozor iqtisodiyotining qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Biznesni, tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy, xo`jalik erkinligi (shaxsni, oilani, sotsial guruxni).
Bu erkinlik faoliyatni, hayotni barcha qirralariga tegishli bo`lib ularga o`z hohishi bilan ijtimoiy hayotga ishtirok etishini bildiradi.
Bu qoida kishilarga bir tomondan mulkchilik, ikkinchi tomondan tadbirkorlikni konkret xayotda amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Bozor iqtisodiyotida erkinlik deganini absalyut erkinlik deb tushunmaslik kerak. Erkinlik har qanday iqtisodiy tizimda eng avvalo qonunlar, qoidalar, iqtisodiy dastaklar orqali chegaralangan. Shu sababli bozor iqtisodiyotining ikkinchi qoidasi:
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
Lekin bozorni o`zi emas bozor iqtisodiyoti, bozor munosabatlari tartibga solinib turiladi.
Bozor erkinligi doimo iqtisodiy javobgarlik va tadbirkorlik, tavakkalchilik bilan bog`liqdir.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish iqtisodiy dastaklar orqali ya`ni soliq, moliya, kredit, bank tizimi, yuridik qonunlar, bahoni chegaralash, monopoliyani chegaralash hisobotlar (buxgalteriya, statistika, tezkor) va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish balans iste`mol o`rtasidagi munosabatda iste`mol primatini, uni yuqori turishini belgilaydi. hamma iste`molchini talabini qondirish uchun (ishlaydi) faoliyat ko`rsatadi. Shu sababli uchinchi qoida:
Iste`mol primati
Yuqoridagilar bilan bir qatorda bozor iqtisodiyotida quyidagi qoidalar ham amal qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |