Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash


Bozor iqtisodiyoti, uning qoidalari, bozor tushunchasi, funksiyalari va elementlari


Download 120.5 Kb.
bet3/7
Sana16.04.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1361258
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1355651791 41168

Bozor iqtisodiyoti, uning qoidalari, bozor tushunchasi, funksiyalari va elementlari


Tovar ayriboshlash jarayoni bozorda amalga oshiriladi. Bozor esa o`z vaqtida bozor iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri hisoblanadi. Bozorda ikki xil kategoriyadagi subyekt uchrashadi, biri sotish niyatida bozorga taklif bilan chiqadi, ikkinchisi sotib olish niyatida bozorga talab bilan chiqadi.
Bozorda sotib oluvchi (talab) va sotuvchi (taklif) o`rtasidagi iqtisodiy munosabat ro`yobga chiqadi.
Bozor deganda oddiy tilda oldi – sotdi jarayoni amalga oshiriladigan joy tushuniladi.
«Bozor» desa bizlarni ko`z oldimizga qaynab yotgan dehqon yoki chayqov bozori keladi. Lekin bu tarif haqiqiy bozorni to`la anglatmaydi.
Ilmiy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan ilmiy asarlarda, o`quv va ommabop adabiyotlarda bozor to`g`risida har xil tushunchalar mavjud.
P. Samuelsonning «Ekonomika» asarida bozorni – «… bozorlar jamiyatni va savdo ishlab chiqarish faoliyatini bog`lovchi mexanizm sifatida namoyon bo`ladi», deb ta`riflaydi1.
F. Kotler bozorni «Mavjud va potensial tovar sotib oluvchilar majmuasi», deb ta`riflaydi2.
K. R. Makkonel va S. L. Bryular bozorni mahsulot va xizmatni sotuvchi va sotib oluvchilarni qo`shuvchi mexanizm deb atashadi3.
A.S. Usmanov bozorga shunday ta`rif beradi: «Bozor tushunchasi keng ma`noda – bu tovar ayriboshlash sohasi deb, tovar ayriboshlash bor ekan, bozor ham mavjud»4 deydi.
N. Tuxliyevni fikricha, «Bozor tovar ishlab chiqarish qonunlari asosida tashkil qilingan ayriboshlash, tovar va pul muomalasi munosabatlarining yig`indisi, ishlab chiqarish va iste`mol o`rtasidagi muhim bog`lovchi bo`g`indir5»
A. Soliyev va A. Usmonovlar bozorga quyidagicha ta`rif beradi: «bozor o`ziga xos ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar jarayoni bo`lib, unda tovarlar va xizmatlar ayriboshlanadi va ishlab chiqaruvchilar bilan iste`molchilar manfaatlari to`qnashadi va bir – biri bilan kelishadi6»
«Eng yaxshisi bozorni xaridorlar va sotuvchilarga narxlarni ayriboshlashga imkoniyat beradigan tizimdir, deb ta`riflasak bo`ladi», deb E. Sariqov va E. Mamatovlar ta`kidlaydilar7.
Bozorga berilgan bunday bir – biridan farqlanadigan tariflarni кўплаб misolni keltirish mumkin.
Bozorni ilmiy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan ta`riflarini bozorga ta`rif berish borasida chet el va respublikamiz olimlari o`rtasida yagona fikrga kelmaganligini ta`kidlab o`tish bilan maqsadimiz terminlarni, ta`riflarni to`g`ri aniqlashni ilmiy va amaliy ahamiyati katta ekanligini ko`rsatib o`tishdan iboratdir.
Ilmiy jihatdan bir xil narsaga har xil tushunchalar, tariflar berish ko`p hollarda noto`g`ri tasavvurga olib kelishi, natijada uni mohiyatini to`g`ri ochib berolmaslikka olib kelishi mumkin.
Amaliy nuqtai nazardan bu hol mutaxassislar o`rtasida o`zaro tushunishni qiyinlashishiga, o`quv adabiyotlarini yaratishda tushunmovchiliklarga olib kelishi ehtimoldan holi emas.
Bizning fikrimizcha, bozor tushunchasini birinchidan, uni iqtisodiyotning xo`jalik subyekti nuqtai nazardan va ikkinchidan nazariy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan ta`riflash maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bozor – bozor iqtisodiyotining xo`jalik subyekti sifatida, xaridor va sotuvchilar to`qnash turuvchi va kelishtiruvchi xo`jalik obyektidir (joy, korxona, firma, birja, savdo, xizmat shaxobchalari va h.k.o.)
Nazariy va ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan bozor tushunchasiga almashuv jarayonida sodir bo`ladigan, bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalaridan kelib chiqadigan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqish zarur.
Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyotining subyekti sifatida tovar – pul muomalasiga bog`liq bo`lgan munosabatlarni namoyon bo`lishini taminlaydi. Bozorning mohiyati, barcha xo`jalik subyektlari (bozor subyektlari – uy, oila xo`jaligi, ishlab chiqarish, davlat), inson va jamiyatdagi ayriboshlash munosabatlarining majmuasini anglatadi.
Qisqa qilib aytganda, bozor – bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalarga asoslangan ayriboshlash jarayonida xaridor va sotuvchi o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Bozorda–butun jamiyatdagi ko`p qirrali iqtisodiy munosabatlar, ya`ni ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va iste`mol jarayonida vujudga keladigan, alohida prinsiplarga asoslangan munosabatlar namoyon bo`ladi.
Kengroq ma`noda bozor – bu bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalariga asoslangan ayriboshlash ya`ni, oldi – sotdi jarayonidagi iqtisodiy faoliyatning shakl va turlari bo`lib, u ishlab chiqaruvchi, tovar yetkazuvchilarni (taklif vakillari) bir tomondan va iste`molchilar, xaridorlarni (talab vakillari) ikkinchi tomondan birga to`qnashtirish va kelishtirish jarayonini ta`minlaydigan bozor iqtisodiyotining subyektidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, avval bozor iqtisodiyoti tushunchasi, uning qonunlari va qoidalariga qisqacha to`xtalib o`tamiz. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotidagi iqtisodiy tizimni bir modeli bo`lib hisoblanadi. Masalan inson taraqqiyotida kuzatilgan iqtisodiy tizimlarga, natural xo`jalik (ibtido jamiyati), feodal tizimi, harbiy tizim, ma`muriy tizim, (sotsializm), bozor iqtisodiyotiga asoslangan tizimlarni kiritish mumkin.
Іar qanday iqtisodiy tizim o`zida shunday mexanizmni namoyonlashtirdiki, unda tabiiy resurslar, ishchi kuchi, texnologiya, tadbirkorlik va boshqaruv mahoratlari mujassamlashgan bo`lishi kerak.
Iqtisodiy tizimni bosh maqsadi moddiy ne`matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqsimlash orqali insoniyat ehtiyojlarini ko`ra bilish va qondirish bo`lib hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun insoniyat o`z taraqqiyotida eng samarali iqtisodiy tizim modelini yaratishga intilib kelgan.
Іozirgi kunda butun jahon tan olgan, eng samarali iqtisodiy tizim modeli – bu bozor iqtisodiyoti modeli hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti har xil davlatlarda ularning shart – sharoitlaridan kelib chiqib har xil bo`lishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotini har xil modellari mavjud.
Masalan: AQSH, Yaponiya, Shvetsiya, Tursiya, Rossiya, O`zbekiston va h.k.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar – pul muomalasi munosabatlariga va o`zining qonun – qoidalariga asoslangan ijtimoiy – iqtisodiy tizim modelidir.
Bozor iqtisodiyoti o`ziga xos qonun va qoidalarga egadir.
Bozor iqtisodiyotiga ta`luqli iqtisodiy qonunlar to`g`risidagi iqtisodchi olimning fikriga to`xtalib o`tamiz.
Rossiya iqtisodchi olimlar jamoasi tomonidan, professor Rayzberk B.A. raxbarligida chop etilgan «Kurs ekonomiki» darsligida (M. «INFARM», 1997. 74 -96 betlar) iqtisodiyotni qonuniyatlari (qonunlari) to`g`risida fikr yuritilib quyidagilar bozor iqtisodiyotiga mos qonunlar sifatida keltirgan. Ehtiyojni yuksalib borishi qonuni; resurslarni chegaralanganligi qoidasi; ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi va almashtirilgan xarajatlarni ortib borish qonuni (bu yerda «almashtirilgan»degan so`z «vmenenno`x» so`zini tarjimasi sifatida muallif tomonidan ishlatilmoqda va bu yerda bir tovarni ishlab chiqarishni ikkinchisi bilan almashtirishga bog`liq bo`lgan xarajatlar nazarda tutilmoqda); daromadlarni kamayib borish qonuni; doiradagi (chegarali) foydalilikni kamayib borishi qonuni; foydalilikni maksimallashtirish qoidasi (bu yerda «Foydalilik» mahsulot (tovar yoki xizmat) ni inson ehtiyojini qondira olish salohiyati (qobiliyati) nazarda tutiladi); talab qonuni; taklif qonuni; pul muomalasi qonuni; Engel qonuni – shaxsiy iste`mol tarkibini daromadga bog`liqligi.
A.O`lmasov va N.To`xliyevlar «Bozor iqtisodiyoti» lug`at – ma`lumotnomada (Toshkent. qomuslar bosh tahririyati. 1991) bozor iqtisodiyoti qonunlariga talab va taklif qonuni va pul muomalasi qonunini kiritish bilan chegaralangan.
A.O`lmasov va A.Vahobovlarning «Iqtisodiyot nazariyasi» Oliy o`quv yurtlari uchun darsligi (Toshkent. «Sharq», 2006) qonunlarini umumiqtisodiy va ayrim iqtisodiy tizimlarga xos maxsus qonunlarga ajratilib, birinchisiga – mehnat taqsimoti, jamg`arish, mehnat unumdorligini oshib borishi, ehtiyojlarning yuksalish qonunlari, ikkinchi tipiga – talab qonuni, taklif qonuni, me`yoriy naflik qonuni, raqobat qonunlari keltiriladi. Ikkinchi tipdagi qonunlar bozor iqtisodiyotiga mos qonunlar deb ta`kidlanadi.
SH. Shodmonov, R. Alimov va T. Jo`rayevlarning «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida (Toshkent. «Moliya». 2002, 276.) Iqtisodiy qonunlarni 3 guruxga bo`lib, ularga:
Umumiy iqtisodiy qonunlar – vaqtni tejash qonuni; ehtiyojlarni tez o`sib borish qonuni; takror ishlab chiqarish qonuni; ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasiga mos kelishi qonuni va boshqalar:
Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - talab qonuni; taklif qonuni; qiymat qonuni;

Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling