Takroriy ekinlar
Download 35.38 Kb.
|
Yerlarni takroriy ekinlar ekihga tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takroriy ekin sifatida.
- Nav tanlash.
- 25–iyundan 10–iyulgacha
Oziq-ovqat vositasi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat reestriga kartoshkaning 100 dan ziyod navlari kiritilgan. Kartoshka hosildorligini oshirish va ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun ekin navini to‘g‘ri tanlash va sifatli urug‘likni ekish muhim hisoblanadi. Ana shunda kartoshka hosildorligini 2,0-2,5 barobarga oshirish mumkin.
O‘zbekistonda kartoshka 160 yildan beri asosan oziq-ovqat maqsadida yetishtiriladi. Faqat notovar mayda, sifatsiz tuganaklar hosili mollarga beriladi. Kartoshka ekinining agrotexnik va agroiqtisodiy ahamiyati ham katta. Chunki chopiqtalab ekin bo‘lgani uchun u yetishtirilgan dala tuprog‘i yumshoq va begona o‘tlardan tozalanib, ko‘plab boshoqli va dukkakli don ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. Takroriy ekin sifatida. Qishloq xo‘jaligida yer maydonlaridan unumli foydalanish, aholini sifatli va mo‘l hosil bilan taʼminlash maqsadida kuzgi boshoqli don, ertapishar sabzavotlar va oraliq ekinlardan bo‘shagan yerlarga yoz mavsumida kechki kartoshka ekiladi. Bunda avvalo, yerni ertaki ekinlar hamda o‘simlik qoldiqlaridan tozalanadi. So‘ngra sug‘orilib, yer tayyor holatga kelgach, salqin yoki kechki vaqtlarda uni unchalik chuqur bo‘lmagan holatda ag‘darmay haydash, chizel va biryo‘la boronalash lozim. Nav tanlash. Takroriy ekin sifatidagi yaʼni yozda ekib, qishda isteʼmolga va urug‘likka kartoshka hosili yetishtirishda “Kardinal”, “Arnova”, “Arizona”, “Pikasso” kabi o‘rta va o‘rtakechpishar navlarni 20-30–iyunlarda, “Nevskiy”, “Sante”, “Memfis”, “Marfona”, “Evolyushn”, “Saviola”, “Silvana”, “Romano”, “Impala”, “Binella”, “Gala”, “Kosmos”, “Kondor”, “Yaroqli-2010” kabi tezpishar va o‘rtatezpishar navlarni 25–iyundan 10–iyulgacha ekish tavsiya etiladi. Urug‘ni ekishga tayyorlash va ekish. Ekish uchun urug‘lik tuganaklarning shakli, rangi va o‘simtalarining yo‘g‘onligiga qarab eʼtibor bilan saralash lozim. Urug‘lik tuganaklarni ekishga tayyorlashda vazni 30-80 grammlik tuganaklar butun, yiriklari esa kesib ekiladi. Kesilgan va butun tuganaklar har 3-3,5 tonnasi 100 litr suvga 5-6 kg TMTD yoki Roslin, 2-3 gramm qahrabo kislotasi va 4-5 kilogramm ammofos aralashtirilgan eritmaga ivitilib, so‘ngra ekiladi. Kesilgan urug‘lik tuganaklarni kul bilan ishlab ekish ham samarali bo‘lib, uni chirishdan saqlaydi, hosildorlikka ijobiy taʼsir etadi. Download 35.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling