Takroriy ekinlar
Kechki kartoshka hosilini yig‘ish
Download 35.38 Kb.
|
Yerlarni takroriy ekinlar ekihga tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Almashlab ekish.
- Takroriy ekinlar
Kechki kartoshka hosilini yig‘ish. Kartoshka pishib yetilgach, uni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish ham muhim omildir. Hosil oktyabrning oxiri-noyabr oyining boshlarida yig‘ib olinadi. Kartoshka kаvlangandan keyin dalaning o‘zida bir necha soat davomida quritiladi va mayda-yirikligiga qarab saralanadi. Bunda vazni 25-30 grammdan yuqori bo‘lgan yirik va o‘rtacha tuganaklar tovar mahsulot sifatida ajratiladi, mayda va shikastlangan tuganaklar esa mollarga beriladi yoki chiqitga chiqariladi.
Almashlab ekish. Kartoshka bir maydonning o‘zidan ko‘p hosil berishi bilan yuqori foyda keltiradigan ekin sanaladi. Shu bois, har yili ko‘pgina xo‘jaliklar dalalariga kartoshka ekish niyatida bo‘ladilar. Lekin, kartoshka tuproqdan ko‘p miqdordagi oziq elementlar talab etadi va ko‘plab kasallik hamda zararkunandalar bilan zararlanadi. Shu sababli bir dalaga ketma-ket kartoshka ekilishi tuproq unumdorligini pasaytirib, yer maydonida kasallik-zararkunandalar ko‘payishiga olib keladi. Mamlakatimizda bunday holat bo‘lmasligi uchun isteʼmol kartoshka maydonlarida 2 yilda, sertifikatsiyalangan urug‘lik yetishtirish maydonlarida 3 yilda, asosiy va doimiy urug‘lik yetishtiriladigan maydonlarda esa 5 yil davomida kartoshka ekilmagan bo‘lishi shart. Ana shundagina ekilgan kartoshkadan sifatli va yuqori hosil olish mumkin. Takroriy ekinlar 1) daladagi asosiy ekin hosili oʻribyigʻib olinganidan keyin oʻrniga ikkinchi marta ekiladigan ekinlar; ekilgan yilining oʻzidayoq hosil beradi. Yerdan unumliroq foydalanishga va maydon birligidan koʻproq miqdorda qishloq xoʻjaligi. mahsuloti olishga imkon beradi. Kuzi iliq, uzoq davom etadigan sernam rayonlarda va sugorma dehqonchilik mintaqalarida qoʻllaniladi. Oʻrta Osiyoda angʻiz ekinlar ekiladi (mas., kuzgi arpa oʻrib olinganidan keyin oʻrniga boshqa don ekini — makkajoʻxori, joʻxori, noʻxat, mosh ekiladi) va 2hosil olinadi (don yoki koʻk massa). Bu joylarda oʻrib olinadigan ekinlar ham ekiladi. Asosiy ekin fiziologik yetilmasdan (mas., koʻk ozuqa uchun kuzgi javdar) oʻrib olinganidan keyin oʻrniga ozuqa uchun makkajoʻxori ekish ham mumkin; 2) bir ekinning oʻzini bir maydonga bosim ikki yoki bir necha yil mobaynida qayta ekish. Gʻoʻza, iyuli, bugʻdoy va boshqa ekinlar yetishtiryshga ixtisoslashtirilgan zonalarda keng qoʻllaniladi. Oʻgʻitlar yetarli va sugoriladigan sharoitlarda takror ekilganda hosildorlik pasaymaydi. Bu usul almashlab ekishga kirmaydigan uchastkalarda ham qoʻllaniladi. Mas., bir dalada surunkasiga 2—3 yil kanop yetishtirish shular jumlasiga kiradi. Bugungi kunda respublika bo‘yicha ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish ishlari ketmoqda. Mamlakatimizda ushbu-chora tadbirlar asosan iyun-iyul oylarida olib boriladi. Takroriy ekinlarni ekishning afzalligi, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanib, yil davomida xalqimiz dasturxoniga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishdan iborat. Respublika bo‘yicha g‘alla o‘rim-yig‘imdan keyingi maydonlardan unumli foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida hosili yig‘ib olingan yerlar foydalanish uchun aholiga ajratib berilmoqda. Xususan, 2022-yilning 4-iyul holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha Download 35.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling