Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy ko‘rsatkichi Yalpi ichki mahsulot (YAIM) hisoblanadi. 2020−2022 yillarda sof YAIMning o‘sish sur’atlari 5,5−6,2 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.
Davlat byudjeti xarajatlarning qariyb yarmi ijtimoiy sohaga yoki umumiy xarajatlarning 22,9 foizi ta’lim sohasiga yo‘naltirilishi kutilmoqda.
2020 yilda umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarini moliyalashtirish uchun 20,885 trln. so‘m yoki umumiy ta’lim xarajatlaridan 70 foizini yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
2020 yilda Davlat byudjeti hisobidan sog‘liqni saqlash sohasiga 14,842 trln. so‘m ko‘zda tutilgan. Vazirlar Mahkamasi tasdiqlangan ro‘yxatga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan dori-darmonlar, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash kiritiladi.
O‘zbekiston fuqarolari, O‘zbekiston hududida muqim yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el fuqarolari tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganda asoslantirilgan murojaatlar bilan ro‘yxatga kiritilgan tibbiy yordamni olish huquqiga ega.
2021 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Byudjet xarajatlarini 25 foizga oshirish taklif qilinmoqda
Moliya vazirligi 2021 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Hujjatga ko‘ra, YAIM 5,1 foizga o‘sadi, inflyatsiya 10 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalangan byudjet xarajatlari 203,8 trln co‘mni tashkil qilishi kerak, bu joriy yilda prognoz qilingan xarajatlardan 25,5 foizga va belgilangan ko‘rsatkichlardan 5,6 foizga ko‘p.
alpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi 2021 yilda 688,9 trillion so‘mni tashkil etadi, bu dastlabki maqsadga (786,2 trillion) nisbatan 12,4 foizga kam. Prognozlarga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati 5,1 foizni tashkil etadi (belgilangan 5,8 foizga nisbatan). O‘sishni sanoat ishlab chiqarishining 5,8 foizga, xizmatlarning 6,4 foizga, qishloq xo‘jaligining 2,7 foizga o‘sishi bilan ta’minlash kutilmoqda
Inflyatsiyaning pasayish tendensiyasining davom etishini hisobga olgan holda, 2021 yilda inflyatsiya darajasi 9−10% ni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda, bu o‘tgan yilgi prognozlardan (11%) yaxshiroqdir.
Yangi prognoz
2021 yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozi va 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan maqsadlar, milliard so‘mda
Do'stlaringiz bilan baham: |