Talabalar ligasi 4-o'yini savollar paketi
Javob: Sariq avtobus. Izoh
Download 0.53 Mb.
|
4-TUR TAFAKKUR
Javob: Sariq avtobus.
Izoh: Crown Coach Corporation kompaniyasi Amerikada sariq rangli maktab avtobuslarni yetkazib beradi. Liverpul Villareal o‘yinida Sport Tv sharxlovchisi Orif Tolipov Sariq rangli kiyimda o‘ynagan va himoyaviy uslub tanlagan Villareal jamoasini Sariq avtobusga qiyoslaydi va u 50 daqiqadan biroz ko‘proq vaqt "turib" bera olganligini keyin esa ketma ket 2 ta gol o‘tkazib yuborganligini bilasiz. Manba: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Crown_Coach_Corporation 6. Xitoy xalq maqoliga ko'ra, BU ISH uchun eng yaxshi vaqt 15-20 yil oldin edi. 2021-yil prezidentimiz tomonidan BU ISHNI qilish bo’yicha aksiya e’lon qilindi. Savol: BU ISh deganda nima nazarda tutilganini ikki so'zda yozib bering. Javob: Daraxt ekish Qabul: Ko’chat va nihol o’tqazish Izoh: Bugungi kunda O’zbekistonda daraxt ekish davlat siyosati darajasiga chiqqanligini bilasiz. Hurmatli bilimdonlar biz ham yurtimiz ravnaqi yo’lida o’z hissamizni qo’shaylik va yurtimizni obod qilaylik. Manba: https://uz.warbletoncouncil.org/frases-de-arboles-15005 7. U 1934 - yil 20 - sentabrda Italiyaning Rim shahrida tugilgan. "Chochara" va "Italyancha nikoh" filmlari uchun Oskar mukofotini ham olgan. 1979-yili olingan bir filmda U bir yigitchaga sevgi maktubini yozgan. Savol: siz menga osha yigitchaning ismini yozib bering. Javob: Nortoy Izoh: Gap Sofi Loren haqida edi. "Meni olib ket, hamma shartlaringga roziman, sensiz yashay olmayman" mazmunidagi xatini esa "Chinor ostidagi duel" filmi qahramoni Nortoyga atab yozgan edi. 8. A.Navoiy Unga quyidagicha tarif bergan: U - o‘rtoqdir, suhbati zerikarli ammo maqsadga olib boruvchi. U – ulovdir sekin yuradigan, ammo manzilga eltuvchi. U - tabibdir, badxo‘r dorisi bor bemor undan azob tortadi, ammo yakunda sog’likka erishadi. Savol: U o’rnidagi bir so’zni yozib bering. Javob: Sabr 9. Chex milliy qahramoni Yan Jijka urushlardan birida ko'r bo'lib qoladi, ammo yana uch yil toki o‘lgunicha qo'shinni boshqaradi. Jijkaning vasiyatiga ko‘ra, uning terisi shilib olinib U yasalishi kerak edi. Va bu orqali Jijka o'z askarlarini o'limidan keyin ham ilhomlantirib turmoqchi bo‘lgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling