[ 24-savol ekanligi yana bir bor eslatib o’tilsin ]
12. She’riy savol:
Ishqdan qochib mayga men bo‘ldim IKKI TO’RT
Otdan tushib toyga men bo‘ldim IKKI TO’RT
Savol: yuqoridagi baytda IKKI TO’RT so‘zi bilan bir so’z almashtirilgan. O’sha so’zni yozib bering.
Javob: Duchor
Izoh: Tojikcha tilida ikki - “du”, to‘rt – “chor” deyiladi. Muallif ham shu ma’lumotdan kelib chiqib duchor so’zini 24 ga alluziya qiladi. Ha aytgancha, sizlar bugun Tafakkur jamoasining savollariga duchor bo’ldingiz. Ushbu savol go’yasi muallifi Behzod Fazliddinni ham eslab o’tishni maqsadga muvofiq deb bildik. Agar savollarimiz sizlarga manzur bo’lgan bo’lsa, demak biz ko’zlagan maqsadimiz yetgan bo’lamiz. Xato va kamchiliklar uchun barchadan uzur so’ragan holda bugungi o’yinlarimizga yakun yasaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |