Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil qilish, nazorat etish va baholash metodikasi
O‘z darsini o‘zi tahlil qilish. (Audio tahlil)
Download 356.48 Kb.
|
pedagogik amaliyot darslarini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qituvchining (amaliyotchi-talabaning) o‘z darsini o‘zi tahlil qilishni amalga oshirish namunasi.
O‘z darsini o‘zi tahlil qilish. (Audio tahlil) Darslar faqat o‘zgalar tomonidan tahlil qilinibgina qolmay, ular dars olib borgan o‘qituvchining o‘zi tomonidan ham tahlil qilinishi mumkin.
Kamchiliklarni tuzatish, o‘z darsini qayta ko‘rish maqsadida o‘qituvchi darsdan chiqqach, dars jarayonini to‘la eslashga harakat qiladi. Har bir dars bosqichida bajarilgan ishlar, qo‘llanilgan usullarni tahlil qiladi, ularni nimalar bilan to‘ldirish kerakligini aniqlaydi. O‘z darsini o‘zi tahlil qilish davomida erishilgan yutuqlarini yaqqol ko‘rish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ilg‘or tajribali o‘qituvchi darslariga kirib, o‘z darslari bilan taqqoslashi lozim. O‘qituvchining (amaliyotchi-talabaning) o‘z darsini o‘zi tahlil qilishni amalga oshirish namunasi.O‘qituvchining o‘z darsini o‘zi tahlili – bu juda murakkab ichki jarayon bo‘lib, fikran amalga oshiriladi. O‘qituvchi o‘z-o‘zini tahlil qilganda, fikran o‘z darsini qismga-qism, o‘z mushohada taqrizidan o‘tkazadi. Bunday qilinishining maqsadi o‘tkazilgan darsni zamonaviy pedagogika, psixologiya, uslubiy va ilg‘or pedagogik tajribalar talabiga javob berishini aniqlash va shu jihatdan o‘z darsiga baho berishdir. Shu asosda o‘qituvchi o‘z darsi yutuq va kamchiliklarini aniqlab, pedagogik mahoratini takomillashtirish rejasini tuzishi lozim. O‘z-o‘zini tahlil qilish uchun o‘qituvchi quyidagi savollarga javob topishi kerak: Darsni rejalashtirganda o‘qituvchining o‘rganish natijalari va ularning o‘quv imkoniyatlari hisobga olinadimi? Hozirgi o‘tilgan mavzuni o‘tgan mavzu bilan bog‘lash kelasi dars uchun zamin tayyorlaydimi? O‘tilgan darsning boshqa darslar turkumida tutgan o‘rni qanday? Darsni uchala didaktik (ta’limiy, tarbiyaviy, o‘quvchi shaxsini o‘stirish) maqsadlari amalga oshiriladimi? Ularning yaxlitligiga erishiladimi? Darsning tuzilishi o‘quv materialining mazmuniga, yechiladigan o‘quv topshiriqlarining xarakteriga mos keladimi? Darsning bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tish to‘g‘ri amalga oshiriladimi? Darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalaniladimi? Darsning asosiy mohiyati, belgilovchi g‘oyalari ta’kidlanadimi? Darsga tanlangan usul, vosita, prinsiplar yangi o‘quv materialining mazmuniga to‘g‘ri keladimi? O‘qitishning hozirgi zamon vositalaridan unumli foydalaniladimi? O‘quvchining darsda bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashlarini nazorat qilish qanday tashkil etildi? Ularga qo‘yilgan baholar tarbiyalovchi xarakterga ega bo‘lib, o‘qish faoliyatini rag‘batlantiradimi? Darsda o‘quvchining bilish faoliyatini o‘stirishga va unda o‘qishga istakni shakllantirishga e’tibor berildimi? Darsda o‘quv anjomlaridan, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish qay tarzda amalga oshirildi? Darsdagi ruhiy muhit, o‘quvchilar va o‘qituvchining o‘zaro munosabatlari qanday? Uy topshiriqlarini tekshirish metodikasi qay tarzda amalga oshirildi? Darsda qanday qiyinchilikka duch kelindi, ularning sabablari nima va qaysi yo‘llar bilan bartaraf qilish mumkin? Mazkur dars maqsadi va vazifasini amalga oshirish uchun o‘qituvchining bilim malakasi yetarlimi? O‘z bilimini qaysi yo‘nalishda yanada chuqurlashtirishi zarur? O‘z-o‘zini tahlil (audiotahlil)da o‘qituvchi darsning fikriy nusxasini uning amaldagisi bilan solishtirib, shu asosda umumiy saviyasini, ilmiy nazariyasini, psixologik, pedagogik, uslubiy mahoratini yanada takomillashtirish yo‘llarini belgilab olishi lozim[19]. Download 356.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling