Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil qilish, nazorat etish va baholash metodikasi


Pedagogik amaliyotning rivojlantiruvchi harakteri


Download 356.48 Kb.
bet8/29
Sana18.06.2023
Hajmi356.48 Kb.
#1576181
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
pedagogik amaliyot darslarini tashkil etish

3. Pedagogik amaliyotning rivojlantiruvchi harakteri.
Pedagogik amaliyot talabalarning ruhiy adolat va xususiyatlarining rivojlanishiga yordam beradi; o‘qituvchining o‘z faoliyatiga nisbatan diqqatini oshirishga, bu esa o‘zida kasbiy munosabatni jakllantirishga, ta’limiy yoki tarbiyaviy tadbirlarni ma’lum mantiqqa, tizimga solishga intilishini kuchaytirish bilan bir qatorda atrofdagi kishilarga nisbatan ularda xotira, tafakkur, tasavvur, irodani rivojlantirishga, o‘z fanida uchrab turadigan turli terminlarni, formulalarni, tenglamalarni, tushunchalarni chuqurroq tahlil qilishga, o‘z faniga ijodiy yondashishga olib keladi.
Pedagogik amaliyot davomida talabalar ba’zi turdagi tadqiqot ishlarini, jumladan: darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish, sinf jamoasini va o‘quvchi shaxsini jamul-jam tarzda o‘rganish, o‘quvchilar bilan tajriba ishlarini olib borish, o‘zidan katta hamkasabalarining, mohir pedagoglarning ishlarini bevosita kuzatish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishni ham ko‘zda tutadi.


Amaliyot jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda quyidagi mahoratlar mustahkamlanadi va rivojlanadi:

  • O‘quv mashg‘ulotlarining dars ishlanmalari va mavzu rejalarini ishlab chiqish, sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish;

  • darslarni mustaqil tayyorlash va o‘tkazish, o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish;

  • bolalar tarbiyasiga kompleks yondashgan holda turli xil sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib borish;

  • o‘qituvchilar, bolalar va ularning ota-onalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni pedagogik maqsadga muvofiq ravishda o‘rgatish;

  • maktab hujjatlarini olib borish (sinf qaydnomasi), bolalar kundaliklari, daftarlarini tekshirish, ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar tayyorlash;

  • ota-onalar bilan yakkama-yakka ish olib borish, ota-onalar faollari bilan ishlash, ota-onalar yig‘ilishlarida so‘zga chiqish (oilaviy tarbiyaning dolzarb muammolari haqida);

  • aholi bilan, turar joylardagi, mahallalardagi bolalar va o‘smirlar bilan madaniy-ommaviy ishlar olib borish;

  • kurs loyihasi yoki bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda foydalanish uchun materiallar yig‘ish maqsadida pedagogik tajriba yoki ijodiy-tekshiruv ishlarini olib borish;

  • amaliyot mobaynida o‘qituvchilar va shaxsiy tajribalarni umumlashtirish, tahlil qilish va hokazo.[7]




    1. Download 356.48 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling