Talabalarda innovatsion tafakkur rivojlanishiga tasir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar
Mavzuning о‘rganilganlik darajasi
Download 225.5 Kb.
|
2 5253755587337915277
3. Mavzuning о‘rganilganlik darajasi:
IX–XII asrlarda ilg‘or falsafiy fikrlar rivojlanishida Ibn Zakariy ar–Roziy, Al Kindi, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy Mafotix, qoshg‘ariy, Yusuf xos Xojib, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy kabi mashxur mutafakkirlarning roli kattadir.Uyg‘onish davri falsafasi tabiiy-ilmiy fanlar rivoji bilan uzviy boglanib ketgan. CHunki tabiatdagi xodisalar, inson organizmining xolatidagi o‘zgarishlar sabablarini o‘rganish jarayonida ijtimoiy fikrda o‘rnashib qolgan olamga aqidaviy-diniy qarashlarga putur etib, olamning ilmiy manzarasi xaqidagi tasavvurlar ijtimoiy ongda muhim o‘rin egallay boshladi. P.I.Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, toʼliq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni tagʼin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shugʼullanishiga imkon beradi» deb taʼriflanadi. M.V.Gamezo tomonidan «tafakkur voqelikning umumlashgan holda va soʼz hamda oʼtmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi. А.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha taʼrif keltiriladi: «Tafakkur – ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bogʼliq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir». O.K.Tixomirovning darsligidagi «Tafakkur – bu oʼz mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda oʼsha umumlashmalar yangiligiga bogʼliq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir». P.Ya.Galеperin fikriga koʼra, tafakkur –bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, yaʼni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Ekzistentsializmning asoschisi boʼlmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun oʼz diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga oʼrganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim oʼrin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi taʼlimotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi taʼlimotni logika, mantiq deb ataydi. K.R.Megrelidzening taʼkidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, toʼgʼri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa koʼrinishlarisiz oʼrganish mumkin emas. Shu o’rinda o’zbekistonlik psixolog olimlarimiz ham tafakkur borasida o’z fikrlarini bildirishgan. Xususan Shoumarov, E.G’oziyev, Z.Nishonova, M.Davletshin, V.Karimova, N.Xalilova, B.Umarov kabi psixologiya fanlari bo’yicha professorlarimiz o’z ilmiy ishlarida tafakkur borasidagi fikrlari bilan o’rtoqlashadi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, yurtboshimiz SH.M.Mirziyoev boshchiligida ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi” mazkur tadqiqot uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim jarayonini loyihalashga o’rgatish, kasbiy-shaxsiy sifatlarni shakllantirish, ularni istiqboldagi pedagogik faoliyatga tayyorlash, o’qituvchilarda innovatsion tayyorgarlikni shakllantirish, ulardagi kasbiy ijodkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish muammolari ko’pgina ilmiy izlanishlarda o’z ifodasini topgan. Talabalarda innovatsion tafakkur shakllanishining psixologik shart-sharoitlarini ularning talim jarayonini loyihalashga oid ko’nikmalarini shakllantirish, psixologik intelektni rivojlantirish, ularda o’z kasbiy faoliyatiga nisbatan ijobiy munosabatni tarkib toptirishning ayrim jihatlari ochib berilgan. Download 225.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling