8. Tadqiqotning amaliy ahamiyati Tadqiqot natijasida psixologiya fani talabalik davrida innovatsion tafakkur shakllanishining psixologik shart-sharoitlarini organishga oid konikmalarini rivojlantirishga asoslangan ilmiy-pedagogik qarashlar, amaliy yondashuvlar bilan boyitildi. Shuningdek, Talabalik davrida innovatsion tafakkur shakllanishining psixologik shart-sharoitlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni, oziga xos xususiyatlari, texnologiyalari, uni tashkil etish yollari, shakl va metodlari, oquv-biluv jarayonini tashkil etishga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan talim jarayonida foydalanildi.
Tadqiqot ishida ilmiy-amaliy asoslangan yondashuv va tavsiyalardan oliy pedagogik talim muassasalarida talabalik davrida innovatsion tafakkur shakllanishining psixologik shart-sharoitlarini rivojlantirish jarayonini tashkil etish, mazmunini boyitish, sifat va samaradorligini taminlash hamda oliy pedagogik talim muassasalarining psixologik turkum fanlari boyicha o’quv uslubiy qo’llanma, maruza matnlari, maxsus kurslarning mazmuni, yangi oquv materiallari, bolajak oqituvchining mahoratini takomillashtirishga doir yoriqnomalar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |