Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/54
Sana29.12.2021
Hajmi0.71 Mb.
#183640
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari

XULOSALAR 

 

Jonajon  Respublikamiz  Mustaqillikni  qo‘lga  kiritgach,  ijtimoiy,  iqtisodiy, 

madaniy-ma’naviy  jabhalarda    katta  o‘zgarishlar  yuz  berdi,  yutuqlar  qo‘lga  kiritildi. 

Ayniqsa,  so‘nggi  19  yil  mobaynida  ta’lim-tarbiya  sohasida  qo‘lga  kiritilgan 

muvaffaqiyatlar buning dalilidir. 

Mustaqil  O‘zbekistonning  asosiy  qonunida  belgilanganidek,  jamiyatimizning 

istiqboli,  rivojlanish  hamda  taraqqiyot  yo‘li  huquqiy,  demokratik,  insonparvar 

fuqorolik  jamiyatini  barpo  etishdan  iboratdir.  Bunday  jamiyatni  barpo  etish  esa 

talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. 

Yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlar jamiyat uchun  ijtimoiy 

buyurtma  hisoblanadi.  Shunday  ekan  bo‘lajak  o‘qituvchilarda  tashkilotchilik 

mahoratini  shakllantirish,  milliy  mafkurani  shakllantirish  bilan  birgalikda  olib 

borilishi  lozim.  Bu  singari  g‘oyalar  pedagogik-pedagogik  sikldagi  barcha  fanlar: 

umumiy  pedagogika,  umumiy  psixologiya,  pedagogik  mahorat,  yangi  pedagogik 

texnologiyalar  kabi  fanlarni  o‘rganish,  auditoriya  va  auditoriyadan  tashqarida 

o‘tkaziladigan barcha tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida shakllantirib boriladi. 

Bundan  esa,  barcha  pedagogik-pedagogik  sikl  fanlarning  talabalar  tashkilotchilik 

mahoratini  shakllantirishda  maxsus  tarbiyaviy  ta’sir  omili  ekanligi  haqida  bir 

xulosaga kelish uchun izn beradi. 

Bu  o‘rinda  pedagogok  fanlar  bloki  hamda  ularni  mustaqil  o‘zlashtirishda 

auditoriyadan  tashqari  mashg‘ulotlarning  shuningdek  interfaol  usullarning  muhim 

imkoniyatlaridan foydalanish  o‘rinlidir.  Albatta,  bu  maqsadni amalga oshirish  uchun 

pedagogik  va  pedagogik  fanlarni  o‘zlashtirishda  uzviylikka  e’tiborni  qaratish, 

vatanparvarlik, 

fuqarolik 

tarbiyasi, 

shaxs 

ma’naviyatini 



shakllantirishga 

rag‘batlantirish uning asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 




89 

Bu  ta’sir  o‘zaro  hamkorlikda  ta’sir  ko‘rsatish  –  ishontirish  tarzida  amalga 

oshirilsa,  majbur  etish  usuli  zinhor  qo‘llanilmasa,  tarbiyaviy  ta’sir  kuchi  shunchalik 

to‘laqonli  bo‘ladi.  Bunda:  1)    talabalarda  tashkilotchilik  mahoratini  shakllantirish 

uchun  rag‘batlantirish  metodini  qo‘llash  orqali  amalga  oshirilsa,  2)  talaba  muayyan 

xulq  –  atvor  me’yorini  hosil  qilishga  yo‘naltirilgan  bo‘ladi.  Bunday  ta’sir  shaxs 

ongini  shakllantiruvchi  (ishontirish  metodlari);  shaxs  faoliyatini  tashkil  etuvchi  va 

ijtimoiy  xulqni  ruvojlantiruvchi  (faoliyatida  mashq  qildiruvchi  va  odatlantiruvchi 

metodlar);  shaxs  faoliyati  va  xulqini  shakllantiruvchi  metodlar  (rag‘batlantirish  va 

jazolash metodlari) asosida amalga oshiriladi. 

Bu  kabi  tarbiya  metodlari  bilan  birgalikda  mashg‘ulotlarning  interfaol 

metodlaridan foydalanish ancha yuqoriroq natijani qo‘lga kiritishga  yordam beradi. 

Tajriba  sinov  ishlari  natijalaridan  shu  narsa  ma’lum  bo‘ldiki,  talabalarda 

auditoriyadan  tashqari  mashg‘ulotlarda  tashkilotchilik  mahoratini  shakllantirishda 

quyidagi tamoyillarga rioya etish muhimdir: 

1.  Auditoriyadan  tashqari  o‘tkaziladigan  ta’lim  jarayonini  aniq  maqsadda 

tashkil  etish,  uning  natijalarini  xolis  baholash,  tarbiyaviy  jarayonda  tutgan  o‘rnini 

aniqlash, uni pedagogik tahlil etish va baholash. 

2. Bu jarayonni ilmiy, uzluksiz, izchil, tizimli asosda tashkil etish. 

 

3.  Talabalarda  tashkilotchilik  mahoratini  shakllantirishda  samarali  interfaol 



metodlarini izlab topish va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash. 

 

4.  Pedagogik  fanlarni  o‘qitishda  ta’lim-tarbiya  jarayonining  (auditoriya  va 



auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar) uzviyligini ta’minlash. 

5.  Ta’limda  interfaol  metodlar  bilan  bir  qatorda  ananaviy  metodlar,  ilg‘or 

pedagogik texnologiyalardan  o‘z o‘rnida samarali foydalnish. 

Demak,  auditoriya  va  auditoriyadan  tashqari  ishlar  jarayonida  pedagogik 

bilimlar  asosida  talabalar  tashkilotchilik  mahoratini  shakllantirish  talabalar  kasbiy 

tayyorgarligining  uzviy  qismi  sanaladi.  O‘z  navbatida  bu  hol  talabalarni  ma’naviy–




90 

axloqiy shakllantirishning  ilmiy pedagogik asoslari  yaratilganligi hamda maqsadning 

amalga oshirishda ma’lum shart-sharoitlar yaratilganligidan dalolat beradi. 

Ilmiy-tadqiqot so‘ngida quyidagi xulosalarga  keldik: 

Talabalarning  auditoriya  va  auditoriyadan  tashqari  tadbirlarni  tashkil  etish 

jarayonida  tashkilotchilik  mahoratini  shakllantirishda  interfaol  usullar  shuningdek 

pedagogik turkum fanlarning mazmun, mohiyati katta imkoniyatlarga ega. 

Talabalarda  tashkilotchilik  mahoratini  shakllantirish  ta’lim  tarbiya  jarayoniga 

uzviy va tizimli yondashishni talab etadi. 

Bu  sohada  ta’lim  tizimiga  texnologik  yondashuv,  ilg‘or,  interfaol  usullardan 

foydalanish maqsadga muvofiq keladi. 

Oliy  pedagogik  ta’lim  tizimida  talabalarda  tashkilotchilik  mahoratini 

shakllantirishga  qaratilgan  tajriba  sinov  ishlarining  samarali  natija  berishi  yuqorida 

sanab o‘tilganlar bilan izohlanadi.    

 

 



91 


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling