14
10-rasm
Mumkin bo‘lmagan holatlar
4-o‘quv savoli. Tuzilmalar shaxsiy tarkibini zilziladan keyin harakat
qilishga tayyorlash.
Er silkinishi so‘nayotganda yana silkinish boshlanishi mumkin. Bu bitta
zilzila o‘chog‘idan ketma-ket kelayotgan har xil turdagi seysmik to‘lqinlardir.
Masalan, Hindukush zilzilalaridan Toshkentga keladigan bo‘ylama (R) va
ko‘ndalang (S) to‘lqin orasida 55-60 soniya vaqt o‘tishi mumkin. Ba’zan
asosiy
zilziladan keyin uning ko‘p sonli aftershoklari bo‘lishi mumkin. Ular bir necha
daqiqadan
bir necha soatgacha, hatto bir necha kundan bir necha oygacha davom
etishi mumkin. Masalan, 1966 yil 26 aprelda Toshkentda
yuz bergan zilzila
aftershoklari uch yilgacha davom etib, ularning umumiy soni 1102 tagacha yetgan.
Odatda, aftershoklarning kuchi asosiy zilzila kuchidan pastroq bo‘lgani uchun
ulardan qo‘rqmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: