Talabalarni ta’limiy qadriyatlar asosida tarbiyalashning nazariy asoslari choriyeva Surayyo Termiz davlat pedagogika instituti o’qituvchisi Annatotsiya
Download 25.37 Kb.
|
Choriyeva Surayyo Impact factor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI Choriyeva Surayyo Termiz davlat pedagogika instituti o’qituvchisi Annatotsiya: Mazkur maqolada talabalarni ta’limiy qadriyatlar asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish usullari, qadriyatlarning kelib chiqish tarixi, ildizlari haqida ilmiy ma’lumotlar berib o’tilgan. Kalit so’zlar: qadriyat, ta’lim, bilim, malaka, talaba, olimlar nazariyasi, logos, falsafa, g’oya, Mustaqillik tufayli qadriyatlar to’g’risidagi qarashlarimiz shitob bilan o’zgardi. O’zbekistonda qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutahassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning ko’pdan-ko’p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda. Qadriyatlar mavzusining tarixi, ildizlari va insoniyatga hos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o’tmishga ega. G’arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g’oyalariga tayanadilar, ko’plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan falsafiy soha — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos — ta`limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo’ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Arastu va Gegellar katta e`tibor bergan bu mavzuning G’arb falsafasida o’z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz. Ammo ushbu mavzu ko’hna va navqiron Sharq, xususan O’zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G’arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan holi bo’lmasa kerak. Nomlari sivilizasiyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buhoriy, at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtai nazaridan holisona talqin qilishdadir. Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya`ni halq og’zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi tug’risidagi asarlarda, Alpomish, To’maris va Shiroq to’g’risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, halq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko’plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma`naviy merosimizning yorqin namunasi – «Avesto» zardo’shtiylikning muqaddas kitobi bo’lganligidan, unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, o’sha davrdagi milliy G’oyalar yorqin ifodalangan. Qadrlash to’g’risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E`tirof etish kerakki, Qur`on va Hadislarda ta`riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari halqimiz tarixi va madaniyatiga ta`sir ko’rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko’pgina milliy qadriyatlarimizning yo’qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu to’g’rida Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan. Masalaning muhimligi atoqli ensiklopedik olimlar — Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn-Sino, al-Farg’oniy kabi sivilizasiyamizning zabardast namoyandalari ijodi va merosi ko’zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon sivilizasiyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo’shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta`sirini butun olamga yoyilishida xizmat qilganlar. Qadriyatning kundalik hayotdagi ma`nosi kishilar o’rtasidagi muloqotlarda, ommaviy ahborot vositalarining habarlarida o’ziga hos tarzda namoyon bo’lmoqda. Kundalik hayotda, ko’pchilik nazarida narsalar (masalan, qimmatbaho buyumlar, taqinchoqlar), tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar, jamiyatdagi talablar, orzu-umidlar, an`ana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari, odamlar o’zlari ishonib, gohida intilib, qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga ham «qadriyat» tushunchasini qo’llaydilar. Xullas, kundalik hayotda ko’pchilik tomonidan qo’llaniladigan «qadriyat» iborasi, odamlar uchun biror zarur ahamiyat kasb etadigan ob`ekt, narsa, hodisa va boshqalarga nisbatan ishlatiladi. Tabiat va madaniyat buyumlarining inson ehtiyojini qondirishi va uning maqsadlariga hizmat qilishi ta`kidlanganida, asosan ularning foydasi, qimmati nazarda tutiladi. Haqiqatan ham, buyumlarning iqtisodiy qimmati kishilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning aksiologik jihati ochilmaydi. Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. Shu ma`noda qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Bu kategoriya o’zida qadriyat ob`ektining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy-aksiologik mazmunini, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Qadriyatlar muammosiga bag’ishlangan (asosan rus tilidagi) ilmiy-falsafiy manbalarning ko’pchiligida qadriyat (cennost’) tushunchasini baho (ocenka) tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir hil daraja va ko’lamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Bu ikki tushuncha qiyoslanayotganda, qadr tushunchasi e`tiborga olinmaydi. Balki, bunday holga rus tilidagi «ocenka» va «cena» so’zlarining o’xshash ma`noli (ko’proq iqtisodiy) tushunchalar ekanligi sabab bo’lishi ham mumkin. Rus tilida qadr iborasi ishlatilmaydi, uning ruscha tarjimasi yo’q. Qadr tushunchasi o’zbek tilida serqirra ma`no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba`zi ibora va so’zlarda o’ziga hos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Qadriyatning mazmuni va ahamiyati «baho» tushunchasida to’la-to’kis aks etmasligi, turlicha ifodalanishi ham mumkin. Qadriyatning haqiqiy qadrini, mazmuni va ahamiyatini bahosiga qarab aniqlash qiyin bo’ladigan hollar ham uchraydi. Aslida qadriyatning qadrini bilish, uning ahamiyatini anglab olish va baholash bir-biri bilan uzviy bog’liq jihatlarni tashkil qiladi. Qadriyatning ahamiyati anglab olinmasa, qadri tug’ri tushunilmasa, unga tug’ri baho berib bo’lmaydi. Aynan shu ma`noda qadriyatni baholash unga bo’lgan munosabatni ham ifodalaydi, bu esa o’z navbatida kishilarning talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan bog’liqdir. Qadriyatni baholashda qancha xilma-xil maqsad va ehtiyojga ega bo’lgan kishilar ishtirok etsa, uning haqiqiy bahosini aniqlash ham shuncha qiyinlashib boraveradi. Qadriyatshunoslikda qadriyat tushunchasi bilan bu tushuncha bog’langan ob`ekt o’rtasida farq bor, deb qaraladi. Agar qadriyat berilgan qadrni ifodalaydigan falsafiy tushuncha sifatida qaralmasa, unga ta`riflarning son-sanoqsiz bo’lishi aniq. Negaki, dunyoda qadrlanadigan narsalar, hodisalar, voqealar, jarayonlar, joylar va sifatlar, ideal va maqsadlar nihoyatda ko’p. Qadriyat tushunchasi esa ularning birortasi uchun tug’ridan-tug’ri ism, atama yoki bevosita nom bo’la olmaydi, balki ularning qadrini anglatadigan tushuncha sifatida namoyon bo’ladi. Odamlar bitta jamiyatda, bir davrda va o’xshash sharoitlarda yashayotganliklariga qaramasdan, u yoki bu narsaning qadri turlicha anglab olinadi, tushuniladi va talqin qilinadi. Ijtimoiy jarayonlar ta`sirida kishilarning qadriyatlar tug’risidagi tasavvuri, qarashlari o’zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma`naviy qiyofasidagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Ana shunga ko’ra, hammada ham qadrlash tuyg’usi doimo bir hil bo’lavermaydi, ijobiy va salbiy qarashlar, turli hil jihatlar har qanday qadriyatning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko’ra bir-biriga mutlaqo ziddek bo’lib ko’rinadigan yahshilik va yomonlik, haqiqat va haqsizlik, baxt-saodat va g’am-kulfat, taraqqiyot va tanazzul kabi tushunchalar hayotning bir-biriga zid va chambarchas bog’langan tomonlarini ifodalaydi. Ta`lim-tarbiyaning muhim omillari bo’lgan qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllari orasida o’z ahamiyatini, ijobiylik xususiyatlarini doimiy saqlab qoladiganlari ham bor. Bular — inson vujudining tirikligi, umri va hayoti, sihat-salomatligi, mehnati, bilimi, muomalasi. ular inson va jamiyat bor ekan, o’zining ijtimoiy ahamiyatini saqlab qolaveradi. Afsuski, ularning qarama-qarshisi bo’lgan kasallik, ma`nosiz hayot kechirish, bilimsizlik va boshqalar ham tarixiy jarayonlarning hamrohi. Tiriklik bor ekan — o’lim, borliq eng buyuk ma`vo ekan — yo’qlik, inson tirik jonzod ekan — kasallik, hayot kechirishdan maqsad mazmunli umr ekan — ma`nosiz qo’yilgan ba`zi qadamlar, yashashning zaruriy shartlaridan biri bilish va anglash ekan — bilimsizlik, taraqqiyotga intilish bor ekan — tanazzul va boshqalar insoniyatni doimo ta`qib qiladi. Yuqoridagi ijobiy qadriyatlarning ahamiyati ham ularga teskari bo’lgan jihatlarga nisbatan aniqlanadi. Yoshlarda, ayniqsa, talaba va o’quvchilarda ma`naviy etuk tuyg’ularni shakllantirishda ana shunday aksiologik bog’liqliklarning botiniy va zohiriy tomonlarini o’rgatish katta ahamiyat kasb etadi. Makon va zamonda ushbu qadriyat ob`ektlari borliqning biror shakli, jihati, voqelikning biror qismi, olamdagi narsalar va atrof-muhitning eng muhim tomonlari sifatida namoyon bo’ladi. ushbu ma`noda qadriyatlarning umumbashariy, umumsayyoraviy va mintaqaviy hamda biror kichik hudud yoki joyga bog’liq bo’lgan shakllarini. ko’rsatish mumkin. Bunda umumiylik, hususiylik va alohidalikning dialektikasi zamonaviy atamalar «global», «zonal» va «lokal» qadriyat ob`ektlarining o’zaro munosabati tarzida zohir bo’ladi. Jamiyatning yashashi, odamlarning hayot kechirishi uchun yuqoridagi qadriyatlar bilan birga jamiyatdagi umumijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning jamiyat, uning tuzilishi, ijtimoiy birliklar va ijtimoiy ong shakllariga aloqador turkumlarini ko’rsatish mumkin. Masalan, jamiyatning tuzilishiga hos milliy, sinfiy, irqiy va boshqalar yoki ijtimoiy ongning shakllariga bog’liq: siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, hamda jamiyatning asosiy sohalariga bog’liq: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma`naviy. Ijtimoiy qadriyat shakllari orasidagi farqlar aslo mutlaq emas, balki nisbiydir. ular orasida o’tib bo’lmas chegaralar yo’q. Shaxsning qadri u yashayotgan zamon, undagi jarayonlar, ijtimoiy, tarixiy shart-sharoitlar bilan dialektik aloqadorlikda namoyon bo’ladi. Muhit va davr talablari shahs qadrini shakllantirib, sayqallab boradi, uning o’zi esa o’z qadrining shahsiy talablari, ehtiyojlari va maqsadlari bilan naqadar aloqadorligini chuqurroq anglab olish tomon boradi. Qadriyatlar yoshlarga hayot mazmunini chuqurroq tushunish, jamiyat qonun-qoidalaridan tug’ri foydalanish, o’zlarining hatti-harakatlarini ana shu ma`naviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Hozirgi davrda talaba va o’quvchilarga qadrlash va qadrsizlanish jarayonlarining mohiyatini anglatish, mustaqillik e`lon qilgan qadriyatlarning ahamiyatini tug’ri tushuntirishga erishish nihoyatda dolzarb masaladir. Yoshlar, xususan talabalarni ma`naviy barkamol avlod vakillari sifatida tarbiyalash va shakllantirishda qadr va qadrlash tuyg’usi, qadriyatlar kategoriyasi, ularning mohiyati, mazmuni, namoyon bo’lish shakllari to’g’risidagi bilimlarning majmuasi bo’lgan zamonaviy aksiologiya, ya`ni qadriyatshunoslikning asoslarini o’rgatish nihoyatda muhim. Ana shu sababdan ham umuminsoniyatning qadrlash me`yorlari borasida to’plagan yutuqlarini umumlashtirgan bilim sohalari imkoniyatidan foydalanish ta`lim-tarbiya samaradorligining asosiy me’zonlaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Download 25.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling