Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Download 343.4 Kb.
bet33/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

Sanoq sonlar
( Die Grundzahlwörter, die Kardinalzahlen )
Sanoq sonlar predmetning sonini, sanog‘ini bildirib,wieviel?-qancha,necha,nechta? so‘rog‘iga javob bo‘lib keladi : zwei, drei, vier Bücher. Sanoq sonlar quyidagi turlarga bo‘linadi: tub son, yasama son, qo‘shma son. Nemis tilida sanoq sonlar quyidagicha yasaladi:
a) Bir o‘zakli sonlar tub son deyiladi, bularga birdan o‘n ikkigacha (1 - 13 ) bo‘lgan sonlar kiradi: eins, zwei, drei v.b.
b) Ikki yoki undan ortiq sonlardan tuzilgan son qo‘shma son deyiladi.Qo‘shma sonlar doim qo‘shib yoziladi.Qo‘shma sonlar ikki yo‘l bilan yasaladi. 13 dan 19 gacha bo‘lgan qo‘shma sonlar tub sonlarga zehn sonini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi,avval birlik son, keyin zehn soni keladi. Ammo sechzehn va siebzehn sonlari noto‘g‘ri yasaladi, chunki sechs sonidan s tovushi, sieben sonidan esa en tovushi tushib qoladi.
13-dreizehn
15-fünfzehn
16-sechzehn
s) Yasama sonlar tub sonlarga -zig qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.-zig qo‘shimchasi bilan o‘nliklar yasaladi, lekin 20, 30, 60, 70 sonlari esa boshqacha yasaladi
20-zwanzig
60-sechzig
30-dreißig
70-siebzig
d) 21 dan 99 gacha bo‘lgan qo‘shma sonlar und bog‘lovchisi yordami bilan quyidagi tartibda yasaladi: birinchi o‘rinda birlik soni, ikkinchi o‘rinda und bog‘lovchisi, uchinchi o‘rinda o‘nlik soni kelib, ular qo‘shib yoziladi.
23 - dreiundzwanzig
41- einundvierzig
51- einundfünfzig
85 - fünfundachtzig
Uch xonali qo‘shma sonlarni talaffuz qilishda va yozishda yuzliklar soni birliklar bilan ifodalanib, hundert soni birlik songa qo‘shilgan holda birinchi o‘rinda , o‘nlikning birligi ikkinchi o‘rinda, und bog‘lovchisi uchinchi o‘rinda va o‘nlikning o‘zi to‘rtinchi o‘rinda bo‘ladi.
748 – siebenhundertachtundvierzig
259 – zweihundertneunundfünfzig
573 – fünfhundertdreiundsiebzig
To‘rt xonali qo‘shma sonlarni talaffuz qilishda va yozishda mingliklar soni birliklar bilan ko‘rsatilib, tausent soni qo‘shiladi va birinchi o‘rinda yoziladi; ikkinchi o‘rinda yuzliklar, uchinchi o‘rinda o‘nlikning birligi, to‘rtinchi o‘rinda und bog‘lovchisi va beshinchi o‘rinda o‘nlikning o‘zi yoziladi.
9841 – neuntausendachthunderteinundvierzig
3584 – dreitausendfünfhundertvierundachtzig
6762 – sechstausentsiebenhundertzweiundsechzig


Eslatma: Agar to‘rt xonali sonlar yilni ifodalab kelgan bo‘lsa va ular tartib ma’nosiga ega bo‘lsa, u holda quyidagicha o‘qiladi va yoziladi.
Ich bin neunzehnhundertachtundneunzig (1998) geboren.
Am 3.Oktober neunzehnhundertneunzig (1990) wurde beide deutsche Staaten wieder vereinigt.



Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling