Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Download 343.4 Kb.
bet70/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

Weder – noch biriktiruvchi bog‘lovchisi qo‘shma gap komponentining boshida takrorlanib keladi va inkor ma‘nosini ifodalaydi.
Bu bog‘lovchi o‘zbek tilining na…na inkor bog‘lovchisiga mos keladi.
Ich machte weder die Aufgabe, noch konnte ich ins Kino gehen.
Men na vazifani bajardim, na kinoga bordim.
Bog‘langan qo‘shma gap uch yoki undan ortiq sodda gapdan iborat bo‘lsa keyingi gaplarda noch takrorlanib keladi.
Biriktiruvchi bog‘lovchilar funksiyasiga dann, endlich, außerdem, da, kaum, nachher, ferner, darauf kabi ravishlar ham keladi. Ular gapning so‘z tartibiga ta‘sir qilib, gap bo‘lagi bo‘lib keladi.
Ich mache zuerst die Hausaufgaben, dann gehe ich ins Kino.
Men avval uyga vazifalarimni bajaraman, keyin kinoga boraman.
2.Zidlovchi bog‘lovchilar
(Die adversativen Konjunktionen)
Zidlovchi bog‘lovchilar bilan kelgan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ma’no jihatdan biri ikkinchisiga zid bo‘lgan voqea-hodisalarni va ma’nolari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan gap bo‘laklari yoki gaplarni bog‘laydi. Bu tipdagi qo‘shma gaplar quyidagi zidlovchi bog‘lovchi va ravishlar orqali bog‘lanadi:
Aber, oder, doch, jedoch, dennoch, sondern, sons, allein, zwar dennoch, vielmehr, trotzdem, dagegan wohl,entweder...oder, doch, jedoch, indessen, trotz, gleich –wohl kabi bog‘lovchilardir. Bulardan aber, oder, doch, jedoch, sondern bog‘lovchilari boshqalariga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Aber, allein, oder, sondern bog‘lovchilari so‘z tartibiga ta’sir etmaydi. Aber bog‘lovchisi gapning o‘rtasida ham kelishi mumkin.
Ich habe dieses Lehrbuch am Sonntag gesucht,ich habe es aber nicht gefunden.
Men bu darslikni yakshanbada qidirdim,ammo uni topa olmadim.
Nemis tili zidlovchi bog‘lovchilarining quyidagilari o‘zbek tili bog‘lovchilariga mos keladi.
Aber bog‘lovchisiga -ammo zidlovchisi, oder bog‘lovchisiga yoki ayiruv bog‘lovchisi, entweder – oder bog‘lovchisiga yo-yo bog‘lovchisi mos keladi.
Anvar studiert in Tashkent, aber seine Schwester studiert in Karshi.
Anvar Toshkentda, ammo opasi Qarshida o‘qimoqda.
Er ist entweder schon zur Arbeit gegangen, oder er ist noch zu Hause
U yo ishga ketgan, yo u hali uyda.

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling