Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


QO‘SHMA GAP (Der zusammengesetzte Satz, Komplexer Satz)


Download 343.4 Kb.
bet68/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

QO‘SHMA GAP
(Der zusammengesetzte Satz, Komplexer Satz)
Bir necha sodda gap o‘zaro bir gapga biriksa, bunday gaplar qo‘shma gap deyiladi. Qo‘shma gapni tashkil qilgan sodda gaplarning aloqaga kirishi turlicha bo‘ladi.Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar odatda o‘zaro turlicha aloqaga kirishadilar.Sodda gap bilan qo‘shma gap orasidagi farq asosan gapning strukturasiga ko‘radir.Agar mustaqil sodda gaplarda tugallangan intonatsiya bo‘lsa, qo‘shma gap sostavidagi tabiiy sodda gaplarda bunday intonatsion tugallik yo‘q: ular ”to‘liq bo‘lmagan” intonatsiyaga ega bo‘ladilar.
Qo‘shma gap grammatik jihatdan bir-biriga tobe bo‘lmagan ya‘ni mustaqil sodda gaplardan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Bunda sodda gaplar o‘zaro maxsus bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar yoki intonatsiya yordami bilan aloqaga kirgan bo‘lsa, qo‘shma gapning bunday turi bog‘langan qo‘shma gap (Die Satzreihe, die Satzverbindung, die Parataxe) deb nomlanadi.
Am Sonntag spazierten wir im Park, auch badeten wir im See.
Yakshanbada biz parkda sayr qildik ham ko‘lda cho‘mildik.
Demak, qo‘shma gap bosh gapdan va bosh gapni to‘ldirish uchun xizmat qiladigan ergash gapdan ham tashkil topishi mumkin.Qo‘shma gapning bu turi ergash gapli qo‘shma gap (das Satzgefüge, die Hypotaxe) deyiladi.
Die Geschichte, die hier erzählt wird, beginnt in Seebühl am See.(Erich Kästner,Die Zwillinge)
Bu yerda hikoya qilinayotgan voqea Seebulda ko‘l bo‘yida boshlandi.
Demak, qo‘shma gap ikki turdan iborat.



  1. Bog‘langan qo‘shma gap.

  2. Ergash gapli qo‘shma gap.

MAVZU:BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAP
(DIE SATZREIHE )
Bog‘langan qo‘shma gap sostavidagi sodda gaplar grammatik jihatdan mustaqil, mazmunan esa bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘ladi. Bog‘langan qo‘shma gapning qismlari bir-biriga ikki yo‘l bilan bog‘lanadi.

  1. Bog‘lovchisiz (asyndetisch) bog‘lanish

  2. Bo‘glovchili (syndetisch) bog‘lanish.

Bog‘langan qo‘shma gaplar o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi. Bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplar.


Bog‘lovchisiz boglangan qo‘shma gap sostavidagi sodda gaplar o‘zaro faqat intonatsiya bilan aloqaga kiradi.
Die gute Zeit war zu Ende, das Glück war aus. (J.Becher, Abschied)
Ajoyib lahzalar nihoyasiga yetdi,baxt yuz o‘girdi.

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling