Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari
Download 343.4 Kb.
|
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu
So‘roq gap (Der Fragesatz)
So‘roq gap biror voqea-hodisa haqida ma’lumot olishni, biror narsa – predmet haqida bilishni ifodalaydi.So‘roq gaplar oxirida so‘roq belgisi qo‘yiladi.So‘roq gaplar to‘rtga bo‘linadi. 1.So‘roq so‘zsiz so‘roq gap(die Fragesätze ohne Fragewort)larda birinchi o‘rinda kesim, ikkinchi o‘rinda ega va uchinchi o‘rinda ikkinchi darajali bo‘lak keladi. So‘roq so‘zsiz so‘roq gap so‘roq intonatsiya bilan aytiladi, ya’ni ohang gap boshida pasayib, oxirida ko‘tariladi. 1.kesim 2. ega 3.o‘rin holi Arbeitet dein Vater im Werk ? Otang zavodda ishlaydimi ? 1.kesim 2.ega 3.payt holi 4.to‘ldiruvchi Kommst du heute zu mir ? Sen bugun menikiga kelayapsanmi ? 2.So‘roq so‘zli so‘roq gap (die Fragesätze mit Fragewort)larda birinchi o‘rinda so‘roq so‘z, ikkinchi o‘rinda kesim, uchinchi o‘rinda esa ega, yoki ikkinchi darajali bo‘lak keladi. So‘roq so‘z sifatida wer, was, wem, wen, wo, wann, wohin, woher, wie,wie lange,wie oft, seit wann, bis wann, warum, so‘zlari kelishi mumkin. So‘roq so‘zli so‘roq gaplarda ohang darak gaplardagidek ko‘tarilib pasayadi. 1.so‘roq so‘z 2. kesim 3.ega Was liest du ? Sen nima o‘qiyapsan ? So‘roq gap tarkibida wie so‘roq so‘zi kelgan bo‘lsa, so‘roq so‘z birinchi o‘rinda, undan so‘ng sifat yoki ravish, uchinchi o‘rinda kesim, kesimdan keyin esa ega, undan so‘ng ikkinchi darajali bo‘lak keladi. Wie alt bist du? Yoshing nechada ? So‘roq gaplar tarkibida wieviel?, welcher?, wessen?, was für ein?, was für? so‘roq so‘zlari kelgan bo‘lsa, birinchi o‘rinda so‘roq so‘z, undan keyin ot, uchinchi o‘rinda kesim, undan so‘ng ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak keladi. Wessen Buch liegt da? Kimning kitobi bu yerda turibdi ? So‘roq so‘z predlogli to‘ldiruvchiga qaratilgan bo‘lsa, o‘sha to‘ldiruvchining predlogi so‘roq so‘zdan oldin turadi. Auf wen wartest du ? Sen kimni kutyapsan ? So‘roq gaplarda sich olmoshi fe’lning tuslanuvchi qismidan keyin keladi. Wo befindet sich das Hamsa – Theater? So‘roq gaplarning egasi olmosh bilan ifodalangan bo‘lsa, unda sich bevosita olmoshdan keyin turadi. Interessierst du dich für Musik ? 3.Tasdiqlovchi so‘roq gaplar (die Bestätigungsfragesätze) tartib jihatdan darak gaplardan hech qanday farq qilmaydi.Biroq qo‘yilgan savolga qaytarilgan javob ko‘pincha tasdiq ma’nosiga ega bo‘ladi.Shuning uchun ham bunday so‘roq gaplar tasdiqlovchi so‘roq gaplar deyiladi. Du schreibst richtig ? 4. Ritorik so‘roq gaplar (die rhetorischen Fragesätze) nutqqa emotsional (ta’sirchanlik) berish, uni ta’sirchan, hayajonli qilish uchun stilistik vosita bo‘lib xizmat qiladi.Ritorik so‘roq gaplardagi so‘roq ichida uning javobi, so‘roq mazmunidan esa tasdiq anglashib turadi: Wer liebt das Kind nicht? (Eigentlich lieben das Kind alle) Download 343.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling