Eslatma: Kesim ergash gap kam ishlatiladi.
TO‘LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
(DER OBJEKTSATZ)
To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapga nisbatan to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. U bosh gapdagi to‘ldiruvchining mazmunini izohlab, konkretlashtirib keladi va wen? (kimni?),was?(nimani?),wem? (kimga, nimaga), womit? (nima bilan?),wofür?(nima uchun?),worüber? (nima to‘g‘risida?),wessen (nimaning? kimning?),wovon(nima to‘g‘risida?)kabi savollarga javob berib keladi. To‘ldiruvchi ergash gap ham o‘zlashtirma gapda, ham ko‘chirma gapda ishlatiladi. To‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbatan o‘rniga ko‘ra asosan bosh gapdan keyin keladi. Lekin ba’zi hollarda bosh gapdan oldin keladi.
Daβ ich überhaupt nicht mehr arbeite, weiβ sie nicht. .(Marie Luise Kaschnitz.Der Schriftsteller)
Mening umuman ishlamayotganimdan bechoraning hatto xabari yo‘q.
Ich glaube, daß ich die Prüfungen gut bestehen werde.
(Was glaube ich?)
O‘ylaymanki,imtihonlarni yaxshi topshiraman.
Bosh gap bilan bog‘lanish usuliga ko‘ra to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapga maxsus bog‘lovchilar yordamida yoki bog‘lovchisiz bog‘lanishi mumkin. Bog‘lovchisiz to‘ldiruvchi ergash gaplar kam uchraydi. Bog‘lovchili to‘ldiruvchi ergash gaplarning bosh gapga bog‘lanishi to‘rt xil.
1.daß, ob (ki), wie (qanchalik) bog‘lovchilari orqali bog‘lanadi. Bulardan daß va ob bog‘lovchilari wie bog‘lovchisiga nisbatan ko‘p qo’llaniladi, daß bog‘lovchisi bosh gapda so‘zlashish (aytmoq, gapirib bermoq, ma’lum qilmoq va fikrlash, o‘ylamoq, ishonmoq, fikr yuritmoq) yoki his etish (eshitmoq, ko‘rmoq, sezmoq) kabi tushunchalarni ifodalovchi fe’llar kelganda qo‘llanadi.
Ich wuβte nur, daβ man von seinem Grab aus das Meer. (Emina Sevgi Özdamar. Mein Istanbul )
Bilganim faqat uning qabri oldidan dengizni ko‘rsa bo‘lardi.
Ob bog‘lovchisi bosh gapda so‘rash ma’nosiga ega bo‘lgan fe’llar (so‘ramoq, qiziqmoq va boshqalar) kelganda qo‘llanadi.
Ich gehe jeden Tag aufs Postamt und frage, ob ein Brief angekommen ist. (Erich Kästner,Die Zwillinge)
Men har kuni pochtaga boraman va xat kelganligini so‘rayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |