Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Während, indessen, indes, indem, wobei


Download 343.4 Kb.
bet79/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

Während, indessen, indes, indem, wobei bog‘lovchilari bir-biriga sinonim bo‘lib, ulardan während ko‘p qo‘llanadi.


Während ich das sagte, sah ich meine Frau von der Seite an, ich erwartete, daβ sie sich wunderte oder mir Vorwürfe machte, sie nimmt es mit meinen sozialen Verpflichtungen sehr genau.(Marie Luise Kaschnitz.Der Schriftsteller)
Gapirarkanman xotinim tomonga qarab qo‘yardim, uning hayron bo‘lishini yoki norozilik bildirishini kutardim.


Als va wenn bog‘lovchilari aniq zamon ma’nosiga ega emas. Shuning uchun bu bog‘lovchilar ergash gapdagi ish harakat bosh gapdagi ish harakat bilan bir paytda sodir bo‘lganda ham, undan oldin yoki keyin ro‘y berganda ham qo‘llanaveradi.Agar bosh va ergash gapdagi ish harakat bir paytda ro‘y bersa fe’lning bir xil zamon formalari Präsens + Präsens, Imperfekt+Imperfekt, Plusquamperfekt+Plusquamperfekt qo‘llanadi.

Zuweilen, wenn ich nach Hause komme, gehe ich in die Küche und biete meiner Frau an, ihr bei der Bereitung des Mittagessens behilflich zu sein.(Marie Luise Kaschnitz.Der Schriftsteller)


Uyga qaytgach, zerikkanimdan oshxonaga kirib xotinimdan unga tushlikni tayyorlashda qarashgim kelayotganini aytaman.
SABAB ERGASH GAPLI QOSHMA GAP
(DER KAUSALSATZ)

Sabab ergash gap bosh gapga nisbatan sabab holi vazifasini bajaradi va bosh gap kesimidan anglashilgan ish harakatning bajarilishi sababini bildiradi. Sabab ergash gap warum? (nima uchun?), weshalb? (nega), aus welchem Grunde? (nima sababdan), weswegen? (nimaga), wieso? (qanday) so‘roqlarga javob bo‘ladi. O‘rniga ko‘ra sabab ergash gap bosh gapdan oldin yoki bosh gapdan keyin keladi. Uning bosh gap o‘rtasida kelish hollari esa kam uchraydi. Bog‘lanish usuliga ko‘ra sabab ergash gap bosh gapga da va weil bog‘lovchilari bilan bog‘lanadi. Bu bog‘lovchilar bir-biriga sinonim sanaladi. Ergash gap da bilan kelganda asosan bosh gapdan oldin , weil bilan kelganda esa bosh gapdan keyin turadi. Bosh gapda ba’zan korrelat so qo‘llanilishi ham mumkin. Sabab ergash gap darum, deswegen, deshalb, daher kabi so‘roq so‘zlar bilan qo‘llanadi. Bu so‘zlar bosh gapga korrelat sifatida ham qo‘llanadi.


Er kommt heute nicht,weil er krank ist.
(Warum kommt er heute nicht?)
U bugun kelmaydi,chunki u kasal.
Da ich einen Kugelschreiber benütze, ist ein Unterschied zwischen der alten und neuen Schrift nicht feststellen.(Marie Luise Kaschnitz.Der Schriftsteller)
Har doim bitta ruchkadan foydalanganim bois, eski va yangi yozuvlar bir-biridan farq qilmasdi.

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling