Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP


Download 343.4 Kb.
bet77/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
(DER ATTRIBUTSATZ)

Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi ot, otlashgan so‘z, olmosh, son kabi so‘zlar bilan ifodalangan bosh yoki ikkinchi darajali bo‘lakning belgi xususiyatini aniqlab, izohlab kelib, bosh gapga nisbatan aniqlovchi funksiyasini bajaradi va welcher? (welche, welches?) was für ein?( was für eine?, was für ein?) qanday? qanaqa? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.


Die Stadt, in der ich geboren bin, liegt an
dem Fluß Kashkadarya
Welche Stadt liegt an dem Fluß Kashkadarya ?
Men tug‘ilgan shahar,Qashqadaryo bo‘yida joylashgan.
O‘rniga ko‘ra aniqlovchi ergash gap bosh gapdan keyin yoki uning o‘rtasida keladi.
Die Mädchen, die Dienst haben, schleppen die Schüsseln mit der heiβen Suppe zu den Tischen. (Erich Kästner,Die Zwillinge)

Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy olmoshlar, maxsus bog‘lovchilar bilan yoki bog‘lovchisiz bog‘lanadi. Bog‘lovchili aniqlovchi ergash gapning bosh gapga bog‘lanishi uch xil.


1. der, die, das, die, welcher, welche, welches, welche nisbiy olmoshlari orqali. Nisbiy olmoshlarning rodi va soni bosh gap sostavida kelgan aniqlanmishning rodi va soni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham nisbiy olmoshlar aniqlanmishdan keyin turadi. Nisbiy olmoshlar odatda aniqlovchi ergash gapning boshida turadi.
Das Buch, das ich in der Hauslektüre lese, gefällt mir sehr.
(Welches Buch gefällt mir sehr?)
Die Zeit, die ich durch das Nichtbeantworteten der Post gewinne, benütze ich dazu, mich mit meiner Zukunft zu beschäftigen. .(Marie Luise Kaschnitz.Der Schriftsteller)
Gohida xatlarga javob yozishni ko‘nglim xushlamay qolsa, bunday kunlarimdan ham unumli foydalangan bo‘lib, kelajagim haqida qayg‘uraman.

2. daß, ob, als wenn, da, als ob kabi ergashtiruvchi bog‘lovchilar orqali. Bulardan daß va ob bog‘lovchilari ko‘p da, als, als ob, als wenn bog‘lovchilari esa juda kam uchraydi.


Das war ja eben das Rätsel, daß sie sich nie gestritten hatten.(A.Segers.Die Toten bleiben jung)
Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi etwas, manches, vieles, alles nichts kabi olmoshlar, tartib-son yoki otlashgan sifatlarga nisbatan aniqlovchi bo‘lib kelsa u bosh gapga was nisbiy olmoshi vositasida bog‘lanadi.
Die Tante Amalie aber nichts, was man nicht freiwillig erzählte.(A.Segers.Die Toten bleiben jung)
3.Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga bog‘lovchisiz bog‘lanib kelishi mumkin Aniqlovchi ergash gapning bu turi juda kam qo‘llanadi va odatda o‘zlashtirma gap sifatida kelgan bo‘ladi.
Sie erstattete die Meldung, die Aktion sei beendet.
Aniqlovchi ergash gaplarga asosan aniqlik mayli qo‘llanadi. Konyuktiv esa quyidagi hollarda ishlatiladi.
1. Aniqlovchi ergash gap o‘zlashtirma gapdan tashkil topgan bo‘lsa.
Marie stellte ein paar Frage, wie alt er sei, in welche Schule er ging, ob sein Vater arbeitslos sei. (A.Seghers)
2. Aniqlovchi ergash gap shartli imkoniyatni ifodalasa
Marie kam zum erstenmal der Gedanke, ihr Freund könnte sich verspäten.(A.Segers.Die Toten bleiben jung)

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling