Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari


Wer gut arbeitet,bekommt Prämie.(Wer bekommt Prämie?) Kim


Download 343.4 Kb.
bet75/122
Sana09.06.2023
Hajmi343.4 Kb.
#1474696
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122
Bog'liq
Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslu

Wer gut arbeitet,bekommt Prämie.(Wer bekommt Prämie?)
Kim yaxshi ishlasa, mukofot oladi.
3. warum, wo, wohin kabi nisbiy ravishlar orqali
Es ist fraglich, warum er uns besucht.
U nima uchun biznikiga tashrif buyurgani,jumboqli.
Yuqorida ko‘rsatilgan uch nisbiy ravishlardan wo ravishi nisbatan ko‘proq qo‘llanadi.Ega ergash gaplar ko‘pincha wer, was olmoshlari shuningdek daß yoki ob bog‘lovchilari vositasi bilan bosh gapga bog‘lanadi. Bunday gaplar o‘zbek tiliga turlicha tarjima qilinadi.
Was du mir sagst,ist für mich eine Neuigkeit. (Was ist eine Neuigkeit?)
Sening aytganing mening uchun yangilik.
Ob das Wetter morgen gut sein wird, ist uns unbekannt.
(Was ist uns unbekannt?)
Ertaga havoning yaxshi bo‘lishi bizga noma’lum.
Bog‘lovchisiz ega ergash gap bosh gap bilan hech qanday bog‘lovchisiz birikib, asosan o‘zlashtirma gapdan tashkil topadi. Ergash gapdagi so‘z tartibi mustaqil gapdagidek bo‘lib, u har doim bosh gapdan oldin yoki keyin keladi.
Ega ergash gaplarda ko‘pincha aniqlik mayli qo‘llanadi, konyunktiv esa quyidagi hollarga ishlatiladi.
KESIM ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
PRÄDIKATIVSATZ)

Kesim ergash gap bosh gapning ot kesimi bo‘lib, wer ist das Subjekt? (ega kim?), Was ist das Subjekt? (Ega nima), wie ist das, Subjekt? (ega qanday) so‘roqlariga javob beradi.Kesim ergash gaplar bosh gapga nisbatan o‘rniga ko‘ra asosan bosh gapdan keyin keladi.


Mein einzelner Wunsch ist, daß du glücklich bist.
Was ist mein einzelner Wunsch?
Meni yagona tilagim,seni baxtli bo‘lishing.
Kesim ergash gap bosh gapga bog‘lanish usuliga ko‘ra bog‘lovchili yoki bog‘lovchisiz bo‘ladi. Bog‘lovchili kesim ergash gaplarni bosh gapga bog‘lanishi ikki xil.
1. daß, ob, als ob, wie als, wenn, als wenn kabi bog‘lovchilar bilan.
Sie heiß, so, wie ihre Mutter hieß.
2.der, die, das, wer, was, wofür, welcher kabi nisbiy olmoshlar va olmosh ravishlar bilan. Bosh gap sostavida der, es, das kabi olmoshlar kelsa, ular korrelat sifatida qo‘llanadi.
Das war es, was ich mir wünschte.(A.Seghers, Die Entscheidung)
Bog‘lovchisiz kesim ergash gapli qo‘shma gap bog‘lovchi bilan qo‘llanadigan kesim ergash gapga nisbatan kamroq ishlatiladi.
Kesim ergash gaplarda ko‘pincha aniqlik mayli qo‘llanadi.Als,als ob,als wenn bog‘lovchili kesim ergash gaplarda konyunktiv kelgan bo‘ladi.
Das Wichtigste ist, daß man zuerst einen Plan entwerfe.
Shunday qilib kesim ergash gapli qo‘shma gapning bosh gapi odatda ega kopula (bog‘lama) sein ning prezens yoki preteretum zamon formasi va nihoyat korrelat es dan tashkil topgan bo‘ladi.

Download 343.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling