Talablar va ularning ustivorligi
Pedagogik faoliyat predmeti
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
1544080891 73119
- Bu sahifa navigatsiya:
- P.F.Kapterev
- LY.Kolominskiy
Pedagogik faoliyat predmeti
Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko„rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin. Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani yetkazish tushuntirish, ko„rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. Bolaning aksiologik, emotsional-mazmuniy, predmetli, baholash mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi pedagogik faoliyatning mahsulidir. Pedagogik faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda bolalarning shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o„quv faoliyatining subyekti va shaxs sifatida shakllanishi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiyadir. Pedagogik faoliyatda ham o„quv faoliyatidagi kabi motivatsion soha ajratilib ko„rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror bir narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o„z faoliyatining jarayoni va natijasiga e‟tibor berishni misol qilish mumkin. Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli -tuman xattiharakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologik-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi. P.F.Kapterev o„qituvchi va tarbiyachiga xos bo„lgan obyektiv va subyektiv xususiyatlarni ko„rsatib o„tadi. Umumiy ko„rinishda u quyidagicha aks etadi: O„zaro munosabat doirasida, xususan, tarbiyachilik faoliyatining yo„nalishi bo„yicha tarbiyachi bilan bola o„rtasidagi ta‟sirlashuvning emotsional darajasini tadqiqot predmeti tarzida qo„yilishi kam uchraydi. LY.Kolominskiy o„z tadqiqotida tarbiyachining bolalarga munosabati so„zsiz muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o„ynashi hamda pedagogik mahoratning muhim tomoni bo„lib, xisoblanishini ta‟kidlagan edi. Uning fikricha, tarbiyachi bilan bolalarning o„zaro munosabati ko„p jihatdan aynan mana shu jarayon xarakteriga bog„liqdir. Muallifning ko„rsatishicha, o„zaro munosabatni tarbiyachi shaxsining faolligi va jamoadagi ta‟sirlashuv nuqtai- nazaridan o„rganish ham mumkin. Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda pedagogning bolalarga nisbatan munosabatidagi emotsional qadriyatli yondashuvi uning munosabat uslubidagi motivatsion jihatlari, shuningdek, bir vaqtning o„zida uning bolalarga bo„lgan munosabati jarayonida xulqiga ta‟sir ko„rsatuvchi operatsional jihat bilan belgilanshini qayd etish mumkin. Qator tadqiqotlarda tarbiyachi va bolalarning pedagogik muomaladagi turli xil jihatlarini baholash holati o„rganilgan. Professiogrammada muhim xislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda tarbiyachining quyidagi xislatlarini ko„rsatib berish lozim: Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling