Talablar va ularning ustivorligi


Pedagogik faoliyat predmeti


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1356330
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1544080891 73119

Pedagogik faoliyat predmeti
 


Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni 
ko„rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni 
kiritish mumkin.
Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani yetkazish tushuntirish, 
ko„rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, 
tahsil oluvchini bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. 
Bolaning aksiologik, emotsional-mazmuniy, predmetli, baholash mezonlarini aks 
ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi pedagogik faoliyatning 
mahsulidir. Pedagogik faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda 
bolalarning shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o„quv faoliyatining subyekti 
va shaxs sifatida shakllanishi hisoblanadi.


Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiyadir. 
Pedagogik faoliyatda ham o„quv faoliyatidagi kabi motivatsion soha ajratilib 
ko„rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror bir narsaga 
erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o„z faoliyatining jarayoni va natijasiga 
e‟tibor berishni misol qilish mumkin.
Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli -tuman xattiharakatlarning 
umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, 
nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir 
qancha psixologik-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi.
P.F.Kapterev o„qituvchi va tarbiyachiga xos bo„lgan obyektiv va subyektiv 
xususiyatlarni ko„rsatib o„tadi. Umumiy ko„rinishda u quyidagicha aks etadi:


O„zaro munosabat doirasida, xususan, tarbiyachilik faoliyatining yo„nalishi 
bo„yicha tarbiyachi bilan bola o„rtasidagi ta‟sirlashuvning emotsional darajasini 
tadqiqot predmeti tarzida qo„yilishi kam uchraydi.
LY.Kolominskiy o„z tadqiqotida tarbiyachining bolalarga munosabati so„zsiz 
muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o„ynashi hamda pedagogik 
mahoratning muhim tomoni bo„lib, xisoblanishini 
ta‟kidlagan edi. Uning fikricha, tarbiyachi bilan 
bolalarning o„zaro munosabati ko„p jihatdan aynan 
mana 
shu 
jarayon 
xarakteriga 
bog„liqdir. 
Muallifning ko„rsatishicha, o„zaro munosabatni 
tarbiyachi 
shaxsining 
faolligi 
va 
jamoadagi 
ta‟sirlashuv nuqtai- nazaridan o„rganish ham 


mumkin.
Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda pedagogning bolalarga nisbatan 
munosabatidagi emotsional qadriyatli yondashuvi uning munosabat uslubidagi 
motivatsion jihatlari, shuningdek, bir vaqtning o„zida uning bolalarga bo„lgan 
munosabati jarayonida xulqiga ta‟sir ko„rsatuvchi operatsional jihat bilan 
belgilanshini qayd etish mumkin.
Qator tadqiqotlarda tarbiyachi va bolalarning pedagogik muomaladagi turli 
xil jihatlarini baholash holati o„rganilgan.
Professiogrammada muhim xislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini 
hisobga olgan holda tarbiyachining quyidagi xislatlarini ko„rsatib berish lozim:

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling