Talaffuz va imlo asoslari
Download 40.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonetik tamoyil
- Etimolgik hamda an’anaviy-tarixiy tamoyillar
- Morfologik tamoyil
Fonematik tamoyil har qanday fonema so‘zdagi o‘rnidan qat’iy nazar faqat bitta harf bilan ifodalanishini taqozo etadi. Masalan, o‘zbek tilidagi "maktab" va "maktabi" so‘zlaridagi "b" tovushi talaffuzidan qat’iy nazar bir xil "b" harfi bilan ifodalanadi. Birinchi so‘zda "b"ning jarangsizlanishi ("p"ga yaqinlashish), ikkinchi so‘zda to‘liq jarangli tovush sifatida talaffuz qilinishi harfni o‘zgartishga asos bo‘la olmaydi. Ammo alfavit va imloning yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlari tufayli fonematik tamoyilni muttasil qo‘llab bo‘lmaydi.
Fonetik tamoyil harf yordamida real talaffuz qilinadigan tovushning ifodalanishini taqozo qiladi, uning asosida "qanday eshitilsa, shunday yoziladi" degan qarash yotadi. Tillardagi aksar so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi o‘rtasidagi uyg‘unlik mavjud bo‘lgani uchun bu tamoyil "sezilmasdan" qo‘llanadi. Etimolgik hamda an’anaviy-tarixiy tamoyillar yozuvda so‘z yoki so‘zshaklning hozirgi emas, balki tarixiy shaklini ifodalashiga asoslanadilar. Agar etimologik tamoyil til tarixi bilan bevosita bog‘liq hodisalarni ifodalasa (masalan, "kaptar" so‘zining ba’zan "kabutar", "hoqon" so‘zining "qog‘on" shaklida yozilishi), tarixiy tamoyil yozuvdagi an’analarning saqlanishini ifodalaydi (masalan, darak gap oxirida "-dir" bog‘lamasini keltirish: "bu- kitob" o‘rniga "bu kitobdir" shaklida yozish). Morfologik tamoyil grammatik kategoriyalar formantlari uchun yagona shakl tanlanishini va uning og‘zaki talaffuzi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘sha shaklda yozilishini taqozo etadi (masalan, o‘zbek tilidagi tushum kelishigi uchun –ning shakli qabul qilingan, u og‘zaki nutqda aksar hollarda –ni hamda –in, -i shakllarida talaffuz qilinsa-da, qabul etilgan shaklda yoziladi). Har qanday milliy imloda yetakchi hamda yordamchi tamoyillar mavjud bo‘ladi. O‘zbek imlosining amalda bo‘lgan har ikki shaklida ham (1956- va 1995-yilgi) fonematik, fonetik, morfologik tamoyillar yetakchi hisoblanadi, etimologik va an’anaviy-tarixiy tamoyillar esa ikkinchi darajalidir. Shunday qilib, alifbo va imlo milliy tilning amal qilinishida katta rol o‘ynovchi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida faol qo‘llanuvchi muhim ijtimoiy unsurlardir. Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling