Ta’lim fakulteti
Axborot xavfsizligini ta’minlash usullarining tasnifi
Download 1,03 Mb. Pdf ko'rish
|
Referat namuna
2 Axborot xavfsizligini ta’minlash usullarining tasnifi Ma’lumki, axborot xavfsizligini faqatgina kompleks tarzda ta’minlash mumkin. Bu axborotni quyidagi bosqichlar ketma-ketligida himoyalash zarurligini bildiradi: huquqiy himoya, tashkiliy himoya va injener-texnik himoya. 1.2.1-rasm. Axborot xavfsizligini kompleks ta’minlash usullari. Axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti – axborotni himoyalash tizimida bajarilishi shart bo`lgan qonun chiqarish aktlar, me’yoriy- huquqiy hujjatlar, qoidalar yo`riqnomalar, qo`llanmalar majmui. Xozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o`rganib chiqilmoqda. Har qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy me’yorlarni o`z ichiga oladi(1.2.2-rasm) Tashkiliy ta’minot konfidenisal axborotdan foydalanishga imkon bermaydigan yoki jiddiy qiyinchilik tug`diruvchi ijrochilarning ishlab-chiqarish va o`zaro munosabatlarini me’yoriy-huquqiy asosida reglamentlashdir. Tashkiliy tadbirlarga quyidagilar kiradi: - xizmatchi va ishlab chiqarish bino va xonalarni loyihalashda, qurishda va jihozlashda amalga oshiriladigan tadbirlar. Bu tadbirlarning asosiy maqsadi hududga va xonalarga yashirincha kirish imkonini yo`qotish; odamlarning va transportning yurishi nazoratining qulayligini ta’minlash; foydalanishning alohida tizimiga ega bo`lgan ishlab-chiqarish zonalarini yaratish va h.; - xodimlarni tanlashda amalga oshiriladigan tadbirlar. Bu tadbirlarga xodimlar bilan tanishish, konfidensial axborot bilan ishlash qoidalari bilan ishlashni o`rgatish, axborot himoyasi qoidasini buzganligi uchun javobgarlik darajasi bilan tanishtirish kiradi; - ishonchli propusk rejimini va tashrif buyuruvchilarning nazoratini tashkil qilish; - xona va hududlarni ishonchli qo`riqlash; Huquqiy himoya - hujjatlar va konfidensial axborot eltuvchilarini saqlash va ishlatish, shu jumladan qayd etish, berish, bajarish va qaytarish tartiblariga rioya qilish; - axborot himoyasini tashkil etish, ya’ni muayyan ishlab chiqarish jamoalarida axborot xavfsizligiga javobgar shaxsni tayinlash, konfidensial axborot bilan ishlovchi xodimlar ishini muntazam tekshirib turish. Axborot xavfsizligini injener-texnik himoyalashda fizik, dasturiy, apparat hamda kriptografik usullardan foydalaniladi. (1.2.3-rasm) 1.2.3-rasm. Axborot xavfsizligini injener-texnik himoyalash yo`llari. Bunday tadbirlar har bir muayyan tashkilot uchun o`ziga xos xususiyatga ega bo`ladi. Fizik vositalar Dasturiy vositalar Apparat vositalari Kriptografik vositalar Axborot xavfsizligini injener-texnik himoyalash |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling