Ta’lim fakulteti
Axborotlarga nisbatan xavf-xatarlar tasnifi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Referat namuna
Axborotlarga nisbatan xavf-xatarlar tasnifi
Xavfsizlik siyosatining eng asosiy vazifalaridan biri himoya tizimida potensial xavfli joylarni qidirib topish va ularni bartaraf etish hisoblanadi. Tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, tarmoqdagi eng katta xavflar — bu ruxsatsiz kirishga mo`ljallangan maxsus dasturlar, kompyuter viruslari va dasturning ichiga joylashtirilgan maxsus kodlar bo`lib, ular kompyuter tarmoqlarining barcha obyektlari uchun katta xavf tug`diradi. Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog`i samarali va mo`tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko`rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo`lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo`yicha ilg`or axborot – kommunikasiyalar texnologiyalarini qo`llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar hududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet halqaro kompyuter tarmog`i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter tarmog`i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo`qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog`i davlat boshqaruvini tubdan o`zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo`qotish kabi muammolar dolzarb bo`lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo`lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi masalalariga aylanmoqda. Ilmiy va amaliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish natijasida axborotlarga nisbatan xavf- xatarlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Axborot - bu jahon iqtisodiyotining asosi hisoblanadi, shuning uchun ham uyushtirilgan jinoiy guruhlar tomonidan axborotlarni saqlashda katta xavflar tug`iladi. Axborot - bu puldir. Pullar faqat 10% vaqt ichida fizik ko`rinishda aylanishda bo`lib, qolgan qismida esa ular axborotlar shaklida bo`ladi. Moliyaviy operasiyalarni amalga Tarmoqqa ta’sir uslubi: - interaktiv; - paketli; Foydalaniladigan vositalar bo`yicha: - standart dasturiy ta’minot; - maxsus dasturiy ta’minot; Xavfning maqsadi bo`yicha: - maxfiylikni buzish; - yaxlitlikni buzish; - ishonchlilikni buzish . . Ta’sir tamoyili bo`yicha: - obyekt (fayl, kanal)ga subyekt (foydalanuvchi) ni kirish imkoniyatidan foydalanish bilan; - yashirin kanallardan foydalanish bilan Ta’sir xarakteri bo`yicha: - aktiv ta’sir (qoidani buzish); - passiv ta’sir (kuzatish va tahlil). Axborotlarga nisbatan xavf – xatarlar (tahdidlar) tasnifi .Foydalaniladigan xato bo`yicha: - xavfsizlik siyosatining noadekvatligi; - adminstrator xatolari; - dasturdagi xatolar Ta’sir usuli bo`yicha obyektga bevosita ta’sir: - ruxsatlar tizimiga ta’siri; - bilvosita ta’sir. Hujum obyektining holati bo`yicha: - saqlash (diskda, lentada); - aloqa kanali bo`yicha uzatish; - qayta ishlashlar (foydalanuvchi jarayoni hujum obyekti bo`lganda). Hujum obyekti bo`yicha - ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tarmoqlari subyektlari; - ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tarmoqlari obyektlari; - umuman ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tarmoqlari; - foydalanuvchilar jarayonlari; . ma’lumotlar paketlari va aloqa kanallari oshirishda axborotlar tizimi juda ham keng qo`llanilmoqda. Jinoiy guruhlar ushbu tizimlarga "hujum" qilib qonunsiz boyib ketishga harakat qilishadi. Axborot xavfsizligi haqida keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalarida, gazeta va jurnallarda tez-tez tilga olinmoqda. Aslida axborot xavfsizligi masalasi kecha yoki bugun paydo bo`lgani yo`q. Tarixdan ma’lumki, biror narsaning qiymati oshgan sayin unga begona ta’sirlar ham ko`payib boradi. Ya’ni uning xavfsizligini ta’minlash masalasi paydo bo`ladi. Bugungi kunda ana shunday qadrli narsalardan biri bu axborotdir. Ayrim axborotlar juda qadriyatli yoki o`ta muhim bo`lganligi sababli bunday axborotni saqlaydigan, qayta ishlaydigan yoki uzatadigan kompyuter tizimlariga nisbatan turli – tuman yomon niyatli harakatlar mavjuddir. Masalan, buzg`unchi o`zining boshqa foydalanuvchi kabi ko`rsatishga intiluvchi, aloqa kanalini bildirmasdan eshitib olishi va o`zgartirishi mumkin. Zamonaviy kompyuter tizimlari va tarmoqlari, internet yomon niyatli odamlarga muhim maxfiy axborotni o`g`irlash, buzish yoki halokatlarga uchratish maqsadida korxona va tashkilotlarning ichki tarmoqlariga bostirib kirish uchun ko`plab imkoniyat yaratib beradi. Soha mataxassislarining e’tirof etishicha, axborot xavfsizligini kriptografik ta’minlash eng ishonchli va samarali usul hisoblanadi. Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga qo`yilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko`plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikasiya tizim obyektlarining himoyalanganligidir. Axborotning narxi ko`pincha u joylashgan kompyuter tizimi narxidan yuz va ming marta yuqori bo`ladi. Demak, axborotni ruxsatsiz foydalanishdan, atayin o`zgartirishdan, yo`q qilishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoyalash zaruriyatining paydo bo`lishi tabiiydir. Axborotni himoyalash zaruriyati kompyuter tizimlari va tarmoqlari sohasida faoliyat ko`rsatuvchi mutaxassislar hamda zamonaviy kompyuter vositalaridan foydalanuvchilar e’tiborini jalb etmoqda. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling