Ta'lim metodlari va vositalari reja: I. Kirish II. Asosiy qisim


Ta'limda intellektual sohani rivojlantirish qonuni


Download 52.63 Kb.
bet10/11
Sana03.02.2023
Hajmi52.63 Kb.
#1148949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Laziz aka

Ta'limda intellektual sohani rivojlantirish qonuni.

Bu qonun bo'yicha ta'lim oluvchining fikrlashini (bilishini, ijodini), xotirasini, diqqatini, aql sifatlarini (teranlik, qayishuvchanlik, tejamkorlik,mustaqillik), fikrlash ko'nikmalarini (ajratish, qo'shish, tahlil qilishva h.k.), bilishini (ta'lim oluvchilarni qarama-qarshilik muammolarniqurish, savollar qo'ygan farazlarni ilgari surish va h.k.), o'rganishini bilishini rivojlantirish, predmetga oid bilim, o'quv va ko'nikmalarnishakllantirishning istiqbolli usullari ishlab chiqiladi va ulardan amali-


yotda foydalanish shakllari yaratiladi;

Ta'limda iroda sohasini rivojlantirish qonuni.

Bu qonunbo'yicha ta'lim oluvchidagi maqsadga intilishni shakllantirishjarayoni e'tiborga olinadi. Unda, asosan, asab va muskullarning zo'riqishini yenga olish, tashabbuskorlik, o'z kuchiga ishonish, o'zini boshqara olishni rivojlantirish, bilimlarni o'qitish, faoliyatni rivojlantirish, uni qanday amalga oshirish va nazoratni tashqi ko'nikmasiz olib boorish kabi qobiliyatlar hisobga olinadi;


Ta'Iimda ematsion sohani rivojlantirish qonuni.

Bu qonun ta'lim oluvchiga o'z hissiyotini va ruhiy holatini boshqarish bo'yicha


zaruriy ko'nikmalarini shakllantirish jarayonidan iborat bo'lib, unda ortiqcha havotirni yengish va o'zini holisona baholash ko'nikmasiga ega bo'lishni tarbiyalash muhim hisoblanadi;

axborotlashtirish qonuni.

Bu qonun bo'yicha axborotlashtirilgan jamiyat sharoitida ta'lim oluvchilarning jamoatchilik va kasbiy faoliyatida to'laqonliroq samarali qatnashishiga tayyorlash maqsadida ta'lim tizimining barcha komponentlari kompyuterli va axborotli texnologiyalar yordamida yaxshilanadi.


Ta'limni axborotlashtirish quyidagilarni o'z ichiga oladi: o'quv-uslubiy ishlarni qayta tashkil etish; ta'lim beruvchi va uning rolini o'zgartirishga qo'yilgan talablar
orttiriladi; ta'lim oluvchi shaxsning va uni individuallashtirish xususiyati
rolining ortishi; ta' lim muassasasi rolining zamonaviylashuvi, o'zgarishi va uning
ta'lim oluvchilar tarkibi joylashgan joylarga ta'sirini e'tiborga olish;

• axborot resurslarining mumkin bo'lgan hajmining to'satdan


ortishini hisobga olish;

zamonaviy axborot xizmati ko'rsatishga bo'lgan talabning muntazam ravishda ortib borishi asosidagi axborotlashtirishning ahami-


yati o'sishi, ayniqsa, bashoratli, ta'limiy va ilmiy xarakterdagi yo'na-
lishning rivojlanishini hisobga olish; beshta muhim masalalarni hal qilishni kafolatlash. Ular: ta'­lim sifatini oshirish; ta'lim jarayonini qulay holga keltirish aso-
sida ta'lim olishni engillashtirish; aholi savodxonligi oshishini ta'minlash; mamlakatning iqtisodiy imkoniyati (quvvati) o'sishini ta'minlash; milliy ta'limning jahon ta'limi tizimiga integratsiyalashuvini ta'minlash;

Ta'Iimda mustaqillik qonuni. Bu qonun bo'yicha ta'lim oluv­ chilarning bilimlarini hayotga qo'llay olish uchun ta'lim berish jara­ yonini faol fikrlash jarayoniga aylantirish asosida ularda ijodiy tashabbuskorlik va mustaqil tafakkur, nutq, madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e'tiqodni tarkib toptirishning optimal variantlarini ishlab chiqiladi. Professorlar R.X. Jo'rayev va S.T. Turg'unovlarning qayd eti-shicha mustaqil ta'lim - bu insonning o'zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida ajdodlar tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o'rganishga yo'naltirilgan shaxsiy harakatlar jarayoni. Bunda inson­ning ichki dunyosi, his-tuyg'ulari, mustaqil fikrlash qobiliyati aso-siy rol o'ynaydi.

Mustaqil fikrlashga o'rgatish. Har qanday o'quv fani bo'yicha darsliklarning asosiy didaktik ashyosi matnlar, savol-topshiriqlar, mashqlar yoki misol-masalalar hisoblanadi. Ta'lim oluvchini mustaqil fikrlashga o'rgatishda darslik, o'quv qo'llanmalar va ta'lim beruvchining alohida-alohida ahamiyatini ta'kidlash shart emas, balki uni mavzudagi ilg`or fikrlar, ilmiy xulosalar, amaliy haqiqatlar, voqea-hodisa yoki inson shaxsiga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirish kerak bo'ladi. Muayyan fanlar bo'yicha ta'lim oluvchini mustaqil fikrlashga o'rgatishga darsliklardan o'rin olgan, ilm ahliga, darslik muallifi va ta'lim beruvchiga avval ma'lum bo'lgan ilmiy va hayotiy haqiqatlar-ni har bir ta'lim oluvchi o'zining imkoniyati doirasida o'z yo'li bilan anglatadi. Darslik yoki o'quv qo'llanmalardagi yoki ta'lim beruvchi tomonidan qo'yilgan savol-topshiriqlar ta'lim oluvchini matn maz-munini hikoya qilishga (ayrim hollarda yodlab olishga) majburlamasligi kerak. Demak, mustaqil ta'lim — bu olingan bilim ko'nikma va malakalarni mustahkamlash, qo'shimcha ma'lumot yoki materiallarni musta­qil o'rganish maqsadidagi o'quv shakli.
6. 6. O'qituvchilarning pedagogik mahorat tajribasida ta'lim metodlari samaradorligini oshirish yo'llari.

Pedagogik mahorat — ta'lim beruvchining ustoz-murabbiylik fazilatlari, o'qituvchilik kasbining sirlarini chuqur egallaganligi, insoniylik va iste'dodi hamda intellektual salohiyati va shu kabilar asosida undagi kasbiy ta'lim, tushuncha, ko'nikma va malakalarning mukam-mal shakllangan kasbiy faoliyati.

Pedagogik mahoratdan ko'zlangan maqsad darsning sifati va samaradorligini oshirishdan iborat bo'lib, u ta'lim beruvchining kasbiy-ijodiy faoliyatidir. Bunda ta'lim beruvchining mahorati ta'lim oluvchilar ichida kimga nimadir tushunarsiz bo'lganligini tezda (o'z vaqtida) ilg'ay olish qobiliyatiga bog'liq bo'ladi. Pedagogik mahoratga ega o'qituvchida kamida quyidagi qobili-yatlar mujassam bo'lmog'i lozim:o'qituvchi dars materialini aniq va ravshan bayon qila olishi kerak; o'qituvchi o'z ta'lim oluvchilarini iloji boricha o'rganilayotganmavzu bo'yicha bir xil fikrga keltira olishi kerak;o'qituvchi mavzu mohiyatini to'liq ochib bera olishi kerak va
zarur bo'lganda ularga bu mavzuning o'z kasbiy faoliyatidagi o'rni va roli haqida tushuncha bera olishi kerak; dars davomida befarq holda qatnashayotgan ta'lim oluvchini tez­da dars mazmunini o'rganishga jalb qila olishi kerak; o'qituvchining darsni yana davom ettirishini xohlovchi ta'lim oluvchilar soni auditoriyadagi jami ta'lim oluvchilarning qancha qis-mini tashkil etishini baholab berish va bu orqali o'z dars o'tish texno-logiyasini takomillashtirib borish imkoniyatiga ega bo'lish; o'qituvchining dars maqsadiga erishganligini baholay bilishi vaxulosalash qobiliyati va shu kabilar.

Bunga sabab ta'limda mavzuning mazmuni, mavjud ko'rgazmali vositalarning xarakteri va ta'lim oluvchilar tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, har bir ta'lim jarayonning holatiga mos ular uyg'unligidan oqilona foydalanish dars samaradorligini ta'minlashga imkoniyat yaratadi:


Ta'lim tamoyillari.

Bu o'qish va o'qitish jarayonida obyektivmavjud bo'lgan va uni bir butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog'liqlikdan kelib chiqib, odamlar tomonidan ishlab chiqilgan vata'lim jarayonida amal qilishga tavsiya etilgan harakatlar tarkibidir.Pedagogik yondashuv bu ta'lim-tarbiyadagi o'zaro bog'liqlik. Tarkibiy va tashkiliy jihatdan bir butun bo'lgan jarayon va hodisalarni o'rganuvchi pedagogik faoliyatdir. Pedagogik yondashuvlar turlari ular qo'llanilayotgan manbaga mos holda turlicha bo'ladi. Ular ichidan pedagogik texnologiyalarning ta'lim-tarbiyada keng qo'llanilishi bilan texnologik yondashuvga e'tibor kuchaymoqda.

Texnologik yondashuv - bu ta'limning aniq kutilgan natijalariga ega bo'lgan uzluksiz jarayondir. Uning komponentlari quyidagilardan iborat: tizimli yondashuv asosida o'quv jarayonini loyihalash; o'quv maqsadini mumkin qadar aniqlashtirish; ta'lim oluvchilarni ularning xatti-harakatlari asosida o'qitish; teskari (qaytma) aloqa; bilim, ko'nikma va malakalarning to'la o'zlashtirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga erishishini kafolatlash; o'qitishning samaradorligi-ga erishish.


Download 52.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling