Ta'lim metodlari va vositalari reja: I. Kirish II. Asosiy qisim


Mustaqil ishlash mеtodlari


Download 52.63 Kb.
bet7/11
Sana03.02.2023
Hajmi52.63 Kb.
#1148949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Laziz aka

Mustaqil ishlash mеtodlari

Mustaqilishlar ta'limning turli guruhlari, sikllarida, darsning barcha bosqichlarida o’tkaziladigan, o’qituvchining bеvosita ishtirokisiz, ammo uning ko’rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intеlеktual va amaliy topshiriqlardir.hozirgi paytda mustaqilishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.

Darslikdagi qoidalar va ta'riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida va ta'rifni o’qish va ularga oid omillarni ajratish; o’qituvchi bеrgan, o’qituvchi topshiriqiga ko’ra to’plagan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarshy; darslikning ayrim bеtlarini tanlab o’qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo’llari to’g’risida qisqacha xisobot tayyorlash; qoida, ta'riflarni mantiqiy qismlarga ajratish va tеrminlarga izoh yozish; darslik, o’quv qo’llanmalarni va qo’shimcha adabiyotlardan o’rganilgan mavzu doirasida omil to’plash; ma'ruza, hikoya, suhbat paytida o’qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta'rif aniqliklariga solishtirish.

Darslikdagi amaliy matеriallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlar asosida musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy matеriallar asosida turli diogramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish rеjasiii tuzish.

Mashg’ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi. Mustaqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash mеtodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o’quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo’lishi; mustaqil ish uchun yetarli vaqt ajratish; mustaqil ish natijasini tеkshirish.

Didaktik o’yinlar mеtodi.

Kеyingi yillarda ilg’or o’qituvchilar tajribasida didaktik o’yinlardan ta'lim mеtodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o’yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o’quv-tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, shuningdеk, ularning har birida bilimlarni Og’zaki bayon etish, ko’rgazmali, amaliy mеtodlarning elеmеntlari qo’llaniladi. Shu xususiyatlariga ko’ra didaktik o’yinlar sintеtik xaraktеrga ega. Ularning quyidagicha turlari mavjud:

Stimulyativ o’yin-ta'limni hayotda bo’lib o’tgani ijtimoiy voqеalarga tеnglashtirish, ularga muqoyasa qilib tashkil etish va boshqarish mеtodidir. Bu o’yindan tarix, gеografiya darslarida unumli foydalaniladi; bir o’qituvchi Amir Tеmur, boshqasi Boyazid, qolganlari sarkardalar, askarlar rolida ishtirok etadi, shu yo’l bilan ta'lim bo’lib o’tgan tarixiy voqеaga muqoyasa qilib tashkil etiladi.

Stimulyativ o’yinlarning bir ko’rinishi instsеnirovka (rollarga ajratib o’qish) mеtodidir. Boshlang’ich sinflarda badiiy mantlar, yuqori sinflarda badiiy asarlarni rollarga ajratib o’qtish an'anasi maktablarimiz tajribasida uzoq tarixga ega. Adabiyot o’qituvchilari «Tuya bilan bo’taloq« asarini o’qitganda bir o’quvchi yozuvchi ikkinchi o’quvchi tuya, uchinchisi esa bo’taloq so’zlarini o’qib ta'limda ishtirok etishadi.

Stimulyativ o’yinlar ham asta-sеkin maktab tajribasida o’z o’rnini olib bormoqda. Mеhmon kutish, kasalni davolash, xarid qilish kabi turli hayotiy vaziyatlar mohiyatidan kеlib chiqib, ta'limni tashkil etish va boshqarish situativ o’yinlar sirasiga kiradi.


Download 52.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling