Ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish tarixi reja


Download 11.56 Kb.
bet4/4
Sana23.11.2023
Hajmi11.56 Kb.
#1795933
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu Ta\'lim muassasalarida psixologik xizmatni shakllanish tarixi

Rossiyada pedologiya shakllanishining haqiqiy tashabbuskorlari A. P. Nechaev, N. P. Rumyantsev va V. M. Bexterev edi. Nechaev va Rumyantsev pedologiyaning murakkab tabiatining afzalliklari haqida gapirib, uning asosiy vazifasi bolalarni psixologik o'rganish ekanligini ta'kidladilar.

Asr boshlarida bolalar psixikasini eksperimental tadqiq qilish uchun A.F.Lazurskiy A.P.Nechaev bilan birgalikda Sankt-Peterburgda birinchi psixologik laboratoriyalardan birini yaratdi.

1906 yildan 1916 yilgacha Psixologiya bo'yicha beshta Butunrossiya Kongressi chaqirilganligi va ularning barchasi pedagogik va eksperimental psixologiya masalalariga bag'ishlanganligi mahalliy pedologlarning jadal ishlashidan dalolat beradi

Moskvada amaliy psixologiyaning eng yirik markazlaridan biri 1919-yilda tashkil etilgan Moskva xalq taʼlimi boshqarmasi (MONO) markaziy pedologik laboratoriyasi boʻlib, unga K. V. Guryanov rahbarlik qilgan.

Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati.

  • O‘zbekistonda psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedologiya fani va pedologik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi.

Mazkur yillarda ta’lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaxshi natijalar ham bergan.

O‘zbekistondagi umumta’lim tizimi bilan bog‘liq izlanishlar va tadqiqotlar to‘xtab qolgani yo‘q. Ayniqsa, P. I. Ivanov, V. E. Chudnovskiy, M.G. Davletshin, M. Vohidovlar tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar maktabda psixologik xizmat tatbiqini yaratish uchun ma’lum darajada asos bo‘lib keldi.

60-70 yillarda O‘zbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy Tekshirish instituti xodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokareva, M.Sh.Rasuleva, M.Dadajonovlar tomonidan maktabda psixologik xizmat tatbiqini o‘rganishga oid qator izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi.

1966 yilda Chirchiq shahrida axloqiy tarbiyaga oid,1973 yilda Andijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli psixolog N.A.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida qayd etish mumkin

1989 yilda ……..

  • O‘zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPIda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi.

O‘zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, B.R.Qodirov, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Sh.R.Baratov,E.N.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nishanova, N.S.Safaev, F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa qo‘shganlar.


Download 11.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling