Ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish tarixi reja
Download 11.56 Kb.
|
4-mavzu Ta\'lim muassasalarida psixologik xizmatni shakllanish tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati.
- 1989 yilda ……..
Rossiyada pedologiya shakllanishining haqiqiy tashabbuskorlari A. P. Nechaev, N. P. Rumyantsev va V. M. Bexterev edi. Nechaev va Rumyantsev pedologiyaning murakkab tabiatining afzalliklari haqida gapirib, uning asosiy vazifasi bolalarni psixologik o'rganish ekanligini ta'kidladilar.Asr boshlarida bolalar psixikasini eksperimental tadqiq qilish uchun A.F.Lazurskiy A.P.Nechaev bilan birgalikda Sankt-Peterburgda birinchi psixologik laboratoriyalardan birini yaratdi.1906 yildan 1916 yilgacha Psixologiya bo'yicha beshta Butunrossiya Kongressi chaqirilganligi va ularning barchasi pedagogik va eksperimental psixologiya masalalariga bag'ishlanganligi mahalliy pedologlarning jadal ishlashidan dalolat beradiMoskvada amaliy psixologiyaning eng yirik markazlaridan biri 1919-yilda tashkil etilgan Moskva xalq taʼlimi boshqarmasi (MONO) markaziy pedologik laboratoriyasi boʻlib, unga K. V. Guryanov rahbarlik qilgan.Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati.
Mazkur yillarda ta’lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaxshi natijalar ham bergan.O‘zbekistondagi umumta’lim tizimi bilan bog‘liq izlanishlar va tadqiqotlar to‘xtab qolgani yo‘q. Ayniqsa, P. I. Ivanov, V. E. Chudnovskiy, M.G. Davletshin, M. Vohidovlar tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar maktabda psixologik xizmat tatbiqini yaratish uchun ma’lum darajada asos bo‘lib keldi.60-70 yillarda O‘zbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy Tekshirish instituti xodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokareva, M.Sh.Rasuleva, M.Dadajonovlar tomonidan maktabda psixologik xizmat tatbiqini o‘rganishga oid qator izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi.1966 yilda Chirchiq shahrida axloqiy tarbiyaga oid,1973 yilda Andijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli psixolog N.A.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida qayd etish mumkin1989 yilda ……..
O‘zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, B.R.Qodirov, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Sh.R.Baratov,E.N.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nishanova, N.S.Safaev, F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa qo‘shganlar.Download 11.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling