Taʼlim olganligini tashkil etish


Download 84.32 Kb.
bet5/6
Sana26.02.2023
Hajmi84.32 Kb.
#1232275
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taʼlim olganligini tashxil etish

O‘quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga egadir. SHu bilan birga, nazorat v baholash jarayonini o‘quvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlarida ta’limning har bir bosqichida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilgan. Lekin bu bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bolaning intellektual imkoniyatlarini hisobga olib tashkil etilsa, yuqori samaradorlik ta’minlanadi.

Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi va talabada qanday tassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o‘qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borish lozim. O‘quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o‘quv yili davomida har doim va muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, ba’zan-ba’zan tasodifan tekshirishlarni oldini oladi va tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.

ХULOSA: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da shaxsni rivojlantirishga berilgan juda katta e’tiborning boisi shundaki, faqat shaxsning kamoloti uning intellektual zakovatigina jamiyat taraqqiyotining omili bo‘la oladi. Shaxsdagi intellektual zakovat esa yaxshi tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonidagina uyg‘onishi,

taraqqiy etishi va shaxs kamolotini ta’minlashi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini maksimal ishga solish yo‘lini izlab topishi lozim. Baholashning reyting-test tizimini yanada takomillashtirish orqali ham o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirib borishga harakat qilishimiz kerak.

Foydalaniladigan adabiyotlar 1. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqi¸tining poydevori. -Т., 1998. 2. Karimov I. A. Ma’naviy yuksalish yo‘lida. -Т.: «O‘zbekiston», 1998. 3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasa (maktab) larida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida muvaqqat Nizom. // «Хalq ta’limi», 2000, 4-son. 10- 24- betlar.


Download 84.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling