Taʼlim olganligini tashkil etish


Download 84.32 Kb.
bet1/6
Sana26.02.2023
Hajmi84.32 Kb.
#1232275
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taʼlim olganligini tashxil etish

Taʼlim olganligini tashkil etish

Mustaqil ish

Yoshlarni mustaqil bilim olishga o‘rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida so‘zlagan nutqida "Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadrini, bir so‘z bilan aytganda o‘zligini angalash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil jamiyatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallash uchun fidokorlik bilan kurashishi mumkin" degan edi. Shu o‘rinda ta’kidlamoq lozimki bugungi kunda yoshlarni ma’naviy - intellektual rag‘batlantirishning ahamiyati kattadir

O‘quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o‘qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borish lozim

Bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday vazifa bajaradi? degan savolga quydagicha javob beramiz. 1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi. 2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o‘stirish funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o‘z bilim, iqtidor va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish ishtiyoqi uyg‘onadi.


3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o‘quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi. 4. Тahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar. O‘quv materiali yanada chuqur o‘zlashtiriladi. 5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib boradi.

Download 84.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling